Get Mystery Box with random crypto!

​​Har kimsaning, har narsaning eng fazilatlilari. Maxluqotlar | ♬◦•✿☆QᥲᥣbιmdᥲsᥲN☆✿•◦♬❤️

​​Har kimsaning, har narsaning eng fazilatlilari.

Maxluqotlar ichra
- inson;
Insonlar ichra
- payg‘ambarlar;
Payg‘ambarlar ichra
- Muhammad (s.a.v.);
Hassalar ichra
- Muso (a.s.) hassasi;
Baliqlar ichra
- Yunus (a.s.)ni yutib yuborgan baliq;
Tuyalar ichra
- Solih (a.s.) tuyasi;
Uzuklar ichra
- Sulaymon (a.s.) uzugi;
Ummatlar ichra
- Muhammad (s.a.v.) ummati;
Muhammad (s.a.v.) ummati ichra
- sahobiylar;
Sahobiylar ichra
- to‘rt buyuk halifa;
Xalifalar ichra hazrati
- Abu Bakr Siddiq r.a.
Asrlar ichra
- hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yashagan asr;
Farishtalar ichra
- Jabroil a.s.
Kitoblar ichra
- Qur’oni karim;
Suralar ichra
- “Fotiha” surasi;
Oyatlar ichra
- “Oyat al-Kursiy”;
Ibodatlar ichra
- namoz;
Zikrlar ichra
- “Kalimai Tavhid”;
Duolar ichra
- “Alhamdulillahi Robbil a’lamiyn”;
Ulovlar ichra
- Buroq oti;
Oylar ichra
- Ramazon;
Ro‘zalar ichra
- ramazon ro‘zasi;
Kunlar ichra
- juma;
Kechalar ichra
- Qadr kechasi;
Shaharlar ichra
- Makkai mukarrama;
Binolar ichra
- Ka’bai sharif;
Masjidlar ichra
- Haram masjidi;
Toshlar ichra
- Hajarul-Asvad;
Qabrlar ichra
- Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning qabrlari;
Suvlar ichra
- Zamzam suvi;
Shahidlar ichra
- hazrati Hamza (r.a.);
Onalar ichra
- hazrati Omina (r.a.);
Zavjalar ichra
- hazrati Xadicha (r.a.);
Qiz farzandlar ichra
- hazrati Fotima r.a.
Kuyovlar ichra
- hazrati Ali k.v
Nabiralar ichra
- hazrati Hasan va hazrati Husayn r.a
Muazzinlar ichra
- hazrati Bilol r.a
Tobe’iylar ichra
- Uvays Qaraniy;
Forslar ichra
- Salmon Forsiy (r.a.);
Janglar ichra
- Badr g‘azoti;
Vodiylar ichra
- Baytul Maqdis vodiysi.