Get Mystery Box with random crypto!

SOQQACHI BOLLA

Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA S
Telegram kanalining logotibi jek_jiddiy — SOQQACHI BOLLA
Kanal manzili: @jek_jiddiy
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.29K
Kanalning ta’rifi

Ketmon tegmagan "Udar" gaplar😂 Kuzatuvlar, IMHO, Yumor😎

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-05-07 10:52:27 Eng omadli odam

“The Daily Telegraph” jurnali oxirgi ming yillikda insoniyat tarixidagi eng omadli odam deb xorvat millatiga mansub Frane Selakni topgan.

- 1962-yil Selak poyezda ketayotgan payti poyezd relsdan chiqib suvga tushib ketadi. 17 kishi xalok boʻladi, lekin Selak suvdan suzib chiqib tirik qoladi.

- 1963-yili Selak uchib ketayotgan DC-8 samolyoti aviaxalokatga uchraydi, samolyotning eshigi tasodifan ochilib ketgandi. Aviaxalokatda 19 ta yoʻlovchi xalok boʻladi, biroq Frane Selak yana tirik qoladi.

- 1966-yil Frane ketayotgan avtobus avtoxalokatga uchrab koʻprikdan suvga tushib ketadi, Selak yana tirik qoladi.

- 1970-yil Selak ketayotgan avtomobil toʻsatdan yonib ketadi. Frane avtomobildan chiqib qochishi bilan benzin baki portlaydi,
biroq Selak yana tirik qoladi.

- 1973-yil Selak yana avtomobil nosozligi tufayli oʻlishiga bir baxya qoladi. Yoqilgʻi nasosining nosozligi tufayli benzin qizib turgan dvigatelga sachragan edi. Selak bu yongʻinda bor sochidan ayriladi,lekin u baribir yana tirik qolgandi.

- 1991-1995-yillar Xorvatiyalik musiqa oʻqituvchisi Frane Selak Yugoslaviyadagi fuqarolar urushidan xam eson-omon chiqib oladi.

- 1995-yil Selakni avtobus urib ketadi,
biroq u yengil jarohat olib yana tirik qolgandi.

- 1996-yilda Selak ketayotgan avtomobil togʻ yoʻlida xalokatga uchrab,jarga uchib ketadi.Frane esa avtomobildan sakrab daraxtga osilib tirik qolgandi.

- 2003-yilda Frane Selak umrida birinchi marta lotoreya sotib oladi va buni qaranki u 900 ming yevro (702920 funt-sterling yoki 1,1 mln $) yutib oladi.

- Frank Selak yutuq puliga ikkita uy, bitta motorli qayiq sotib oladi,qolgan pullarni qarindosh-urugʻlariga boʻlib beradi.


#Jek
@Jek_Jiddiy
4.6K views07:52
Ochish/sharhlash
2023-05-04 20:00:27
لا حول ولاقوة الا بالله العلي العظيم
Канал создан[2.05.2023]
О'згача бир дунёйим бор менинг

https://t.me/sonunakaadar

1.3K views17:00
Ochish/sharhlash
2023-05-04 19:53:54 Toshkent tan olamaydi pulsiz odamni!

#Jek
@Jek_Jiddiy
1.5K viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2023-05-04 19:50:01
Boshi uchun mukofot tikilgan “Oʻzbek arsloni”

  Millat mard oʻgʻlonlarini tanib olishi kerak. Shunday insonlardan biri shoʻro va nemis shafqatsizliklarini oʻz koʻzlari bilan koʻrgan, dushmanga qarshi kurashgan, turkistonlik hamyurtlarini qutqarib mislsiz qahramonlik koʻrsatgan va shu sabab “Osiyo arsloni” laqabini olgan Mamadali Topiboldiyevdir.

#Jek
@Jek_Jiddiy
1.6K views16:50
Ochish/sharhlash
2023-05-04 19:05:56 IBTIDO asarini o'qiyapman, menimcha miyam qizib qoldi)
2.0K views16:05
Ochish/sharhlash
2023-05-04 18:21:49 Jeka akaa, kanalimni reklama qilib bering deguvchilar uchun tekin reklama
2.3K views15:21
Ochish/sharhlash
2023-05-04 18:06:29 Menga telegramdan tinmay yozayotgan qizlar bagʻiga ehtiyot boʻloorasila)

Yangi Konstitutsiya bo'yicha 5 sutkaga ketib qolmanglar yana

#Jek
@Jek_Jiddiy
2.4K viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash
2023-05-04 14:53:33 Ko'nglini ol ayla shod
Ko'nglida qol umrbod

#Jek
@Jek_Jiddiy
2.9K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-05-04 07:56:17 Chet elga chiqqan odamning oʻsha joydagi rasm bilan profil rasmini almashtirishi xuddi ayfoni bor odamning oynani roʻparasida telefonini koʻrsatib rasmga tushishi, macbooki bor odamning apple logotipini koʻrsatib noutbuk bilan birga rasmga tushishi yoki mashinasida lyuki bor odaming lyukni koʻrsatib selfi qilishi qadar muhim narsa hisoblanadi.

Piarchi Konfutsiy
#Jek
@Jek_Jiddiy
3.3K views04:56
Ochish/sharhlash
2023-05-03 21:21:52 Eng zo‘r bo‘lish haqida mulohaza

Faraz qilay, men eng zo‘r Tarixchilardan biri bo‘lib yetishdim kelajakda. Shu qadar buyuklikka va mashhurlikka erishdimki, hatto o‘tmishda o‘tgan eng buyuk tarixchilar bilan ham mening nomimni bir qatorga qo‘yib tilga ola boshlashdi deylik. Xo‘sh, nima bo‘libdi endi shunga? O‘sha vaqtda ruhim chuqur qoniqish hosil qiladimi? Yoki cheksiz baxtni his qilamanmi? Shunday bo‘ldi ham deylik, keyinchi? Nima bo‘libdi baxtni his qilsam? Yo u o‘lgunimcha davom etadimi? 

Ha, do‘stlar, men hayotning ma’nosi nima o‘zi degan klassik savolning bir qismini aytayotgandek bo‘lyapman, shunday emasmi? 

Maqsad, eng zo‘ri bo‘lishi kerakmi? Maqsad shon-sharafga burkanish bo‘lishi lozimmi? Maqsad shunchaki pul topib bola-chaqani va o‘zini boqish bo‘lishi kerakmi? Maqsad nima bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi? 

Har bir odam yolg‘iz qolib hayot haqida biroz mushohada yuritsa ham o‘zining naqadar ahmoq ishlar bilan mashg‘ulligini bemalol ko‘ra biladi, lekin aksariyat holda bunga qarshi nimadir qilish uchun u baribir tuzukroq vaj ham, iroda ham topa olmaydi. Qanday bema’nilik. Hammasi chalkashib ketyapti yana. Nima qilish kerak? O‘ylab ko‘ring.

#Jek
@Jek_Jiddiy
3.7K views18:21
Ochish/sharhlash