Get Mystery Box with random crypto!

Eng omadli odam “The Daily Telegraph” jurnali oxirgi ming yi | SOQQACHI BOLLA

Eng omadli odam

“The Daily Telegraph” jurnali oxirgi ming yillikda insoniyat tarixidagi eng omadli odam deb xorvat millatiga mansub Frane Selakni topgan.

- 1962-yil Selak poyezda ketayotgan payti poyezd relsdan chiqib suvga tushib ketadi. 17 kishi xalok boʻladi, lekin Selak suvdan suzib chiqib tirik qoladi.

- 1963-yili Selak uchib ketayotgan DC-8 samolyoti aviaxalokatga uchraydi, samolyotning eshigi tasodifan ochilib ketgandi. Aviaxalokatda 19 ta yoʻlovchi xalok boʻladi, biroq Frane Selak yana tirik qoladi.

- 1966-yil Frane ketayotgan avtobus avtoxalokatga uchrab koʻprikdan suvga tushib ketadi, Selak yana tirik qoladi.

- 1970-yil Selak ketayotgan avtomobil toʻsatdan yonib ketadi. Frane avtomobildan chiqib qochishi bilan benzin baki portlaydi,
biroq Selak yana tirik qoladi.

- 1973-yil Selak yana avtomobil nosozligi tufayli oʻlishiga bir baxya qoladi. Yoqilgʻi nasosining nosozligi tufayli benzin qizib turgan dvigatelga sachragan edi. Selak bu yongʻinda bor sochidan ayriladi,lekin u baribir yana tirik qolgandi.

- 1991-1995-yillar Xorvatiyalik musiqa oʻqituvchisi Frane Selak Yugoslaviyadagi fuqarolar urushidan xam eson-omon chiqib oladi.

- 1995-yil Selakni avtobus urib ketadi,
biroq u yengil jarohat olib yana tirik qolgandi.

- 1996-yilda Selak ketayotgan avtomobil togʻ yoʻlida xalokatga uchrab,jarga uchib ketadi.Frane esa avtomobildan sakrab daraxtga osilib tirik qolgandi.

- 2003-yilda Frane Selak umrida birinchi marta lotoreya sotib oladi va buni qaranki u 900 ming yevro (702920 funt-sterling yoki 1,1 mln $) yutib oladi.

- Frank Selak yutuq puliga ikkita uy, bitta motorli qayiq sotib oladi,qolgan pullarni qarindosh-urugʻlariga boʻlib beradi.


#Jek
@Jek_Jiddiy