O‘zbekistonda ilk bor murakkab jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi
Kuni kecha akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor Karoli sindromiga chalingan bemorda murakkab jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazildi.
Sog'liqni saqlash vazirligining xabariga ko'ra, ushbu jarrohlik amaliyoti xirurg, professor Mirshavkat Akbarov boshchiligidagi o‘zbekistonlik shifokorlar tomonidan mustaqil amalga oshirildi.
Ta'kidlanishicha, 12 soatdan ortiq davom etgan jarrohlik amaliyotida Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi Rabot mahallasida yashovchi 18 yoshli bemor — Feruzbek Shamsiddinovga 44 yoshli onasi Gulchehra Yuldashevaning jigaridan bir bo‘lagi ko‘chirib o‘tkazildi.
@jalolmurad • Manba