"Real Madrid" ketma-ket to'rtta o'yindan beri gol o'tkazmayapti
Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida “Atletiko”ni mag‘lub etdi (2:0).
Karlo Anchelotti jamoasi barcha turnirlarda g‘alabali seriyasini 10 ta o‘yinga yetkazdi. Oxirgi to'rtta o'yinda klub birorta ham gol o'tkazib yubormadi.
Oktyabr boshida "Espanyol"dan 1:2 hisobida mag'lub bo'lganidan beri Madrid klubi hech qachon bir uchrashuvda bittadan ortiq gol o'tkazib yubormagan.
Shu bilan birga, "Real" o'zining asosiy raqiblari "Barselona" (2:1) va "Atletiko" (2:0) bilan o'yinlarda faqat bitta gol o'tkazib yubordi.
@jalolmurad • Manba