Get Mystery Box with random crypto!

"ISHTIXON OVOZI"

Telegram kanalining logotibi ishtixonovozi — "ISHTIXON OVOZI" I
Telegram kanalining logotibi ishtixonovozi — "ISHTIXON OVOZI"
Kanal manzili: @ishtixonovozi
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15.20K
Kanalning ta’rifi

"ISHTIXON OVOZI" gazetasi tahririyati
Bizning manzilimiz: Ishtixon shahri, Mashrab ko'chasi 16-uy.
Siz ushbu kanalda tumanimizdagi eng so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lasiz!
Murojaat uchun: @Ishtixon_ovoziga_murojaatbot
Веб сайт: ishtixonovozi.uz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2023-04-07 15:52:37 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson sakkizinchi sessiyasi 2023-yilning 14-aprel kuni bo‘lib o‘tadi

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- 2023-yil I chorak davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlari to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudi hamda Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudlarining axboroti haqida;

- 2023-yil I choragi davomida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Shohruh Baxramov Baxodir o‘g‘lining axboroti haqida;

- 2023-yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilish holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri A.Yusupovning axboroti haqida;

- tumanda 2023-yil I choragi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquq buzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i S.Sharipovning hisoboti haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-aprelda PQ-5050-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan tumanda olib borilayotgan profilaktika ishlari to‘g‘risida Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari - jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i N.Avazovning hisoboti haqida;

- 2023-yil I choragi davomida amalga oshirilgan soliq tushumlarini o‘z vaqtida undirilishi hamda prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilishi to‘g‘risida tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O‘.Bayzaqovning hisoboti haqida;

- 2023-yil I choragi davomida tuman mahalliy budjetining ijrosi to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i S.Ibragimovning hisoboti haqida;

- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan 2023-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida Majburiy ijro byurosi Ishtixon tumani bo‘limi boshlig‘i S.Zayniddinovning hisoboti haqida;

- tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi tomonidan 2023-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi mudiri A.Ortiqovning hisoboti haqida;

- “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida;

- boshqa masalalar.

@ishtixonovozi
481 views12:52
Ochish/sharhlash
2023-04-07 11:59:27 «Ташаббусли бюджет»нинг ғолиб лойиҳалари РЎЙХАТИ эълон қилинди

Лойиҳанинг биринчи мавсумида 33 минг 680 та ташаббус учун 16 миллиондан ортиқ овоз берилди.

Якунда 1 минг 666 та лойиҳа ғолиб деб топилди.

ТЎЛИҚ РЎЙХАТ: https://openbudget.uz/boards-list/1?stage=3&page=1

@ishtixonovozi
948 views08:59
Ochish/sharhlash
2023-04-07 08:46:24
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Сирдарё вилоятига ташриф буюради.

Давлатимиз раҳбари халқ депутатлари вилоят кенгашининг сессиясида иштирок этади. Шунингдек, ижод мактаби ва саноат корхоналари фаолияти билан танишиш, янги ишлаб чиқариш қувватларини ишга тушириш режалаштирилган.  

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.

Глава государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов. Предусматриваются также ознакомление с деятельностью школы творчества и промышленных предприятий,  запуск новых производственных мощностей.

@ishtixonovozi
1.2K views05:46
Ochish/sharhlash
2023-04-07 07:39:38
#befarqemasman

Хосият Бобомуродова, шоира ва публицист, Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси ва Ўзбекистон журналистлар уюшмаси аъзоси:

— Янгиланаётган Конституция билан танишиб чиқдим. Унда ҳаётимизни яхшилашга қаратилган энг муҳим, энг керакли ўзгаришлар бўлган. Халқ ўзининг "ички овози"ни бизнинг тилимиздан, ёзганларимиздан"эшитишяпти". Қаерга борсак, бизни рост гапираётган дўсти деб қабул қилишяпти. Мен референдумга бефарқ эмасман!

@menbefarqemasman

@ishtixonovozi
1.2K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2023-04-07 02:24:35
#Ramazon_kun_hikmati

"Рамазон – ҳаётингизни буткул ўзгартиришга қодир эканингни исботидир. Ахир бир кеча ва кундузда ҳаётингиздаги кўплаб одатлардан халос бўлганингизни кўрмаяпсизми? Сиз ўзгариш қийин деб узр айтаверманг!"

@ishtixonovozi
1.3K views23:24
Ochish/sharhlash
2023-04-06 20:11:29
DIQQAT E'LON

Ishtixon tumanida joylashgan yangi ochilayotgan shifoxonaga qo'li shirin oshpaz kerak.

Murojaat uchun telefon:

+998902761397

#Reklama

@ishtixonovozi
627 views17:11
Ochish/sharhlash
2023-04-06 20:11:00
#Туманда

Бугун Иштихон туманидаги 21-сон болалар мусиқа ва санъат мактабида «Янги Ўзбекистонда аёл эъзозланган юрт» мавзусидаги маънавий маърифий тадбир бўлиб ўтди.

@ishtixonovozi
568 views17:11
Ochish/sharhlash
2023-04-06 15:30:14
Қамчиқ довонида содир бўлган ЙТҲ видеоси тарқалди. Воқеа натижасида юк машинаси ҳайдовчиси вафот этган. 6 киши жароҳатланган.

+18. Юраги бўшлар кўриши тавсия этилмайди.

@ishtixonovozi
1.1K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-04-06 10:54:39
Тезликни 70 км/c дан 60 км/c га тушириш йўл ҳаракати қоидаларига киритилди

Йўл ҳаракати қоидаларига ўзгартириш киритиш бўйича Вазирлар Маҳкамаси қарори эълон қилинди. Унга кўра, Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 12 апрелдаги 172-сон қарори билан тасдиқланган Йўл ҳаракати қоидаларининг 78-банди иккинчи хатбошиси қуйидаги таҳрирда баён этиладиган бўлди:

«Нукус ва Тошкент шаҳарларида, вилоятлар ва туманларнинг марказларида, шунингдек шаҳарлар ҳудудларида транспорт воситаларининг тезлигини соатига 60 километрдан оширмасдан ҳаракатланишга рухсат этилади».

@ishtixonovozi
1.5K views07:54
Ochish/sharhlash
2023-04-06 08:23:47
Олий Мажлис Сенатининг ўттиз тўққизинчи ялпи мажлиси ўз ишини бошлади

Бугун, 6-апрел куни, Тошкент шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг ўттиз тўққизинчи ялпи мажлиси ўз ишини бошлади.

Унда Сенат, ҳукумат аъзолари, вазирлик ва идораларнинг вакиллари, Сенат ҳузуридаги Ёшлар парламенти аъзолари ҳамда оммавий ахборот воситалари ходимлари қатнашмоқда.

Видеоконференсалоқа тарзида ўтказилаётган ялпи мажлисни Олий Мажлис Сенати Раиси Танзила Нарбаева олиб бормоқда.

@ishtixonovozi
1.3K views05:23
Ochish/sharhlash