Get Mystery Box with random crypto!

Ochiqlik va raqobatdan yopiqlik va monopoliya istaydiganlar ha | Iqtisodiy Blog

Ochiqlik va raqobatdan yopiqlik va monopoliya istaydiganlar ham yutadi

Lekin ular buni tushunishlari uchun vaqt va chuqur degradasiya jarayoni kerak boladi.

2017 yilgacha yopiq konvertasiyadan manfaatdorlarning moddiy manfaatdorligi osishdan butkul toxtagan edi. Lekin ular toki manfaatdorligi osishdan toxtamaguncha konvertasiya yopiq holda qolishi uchun barcha harakatlarni davom ettirishgan. 2017 yilga kelib, eksport osmay qoygach, valyuta tushumi kamayishni boshlagachgina, bitta pirogni qayta va qayta bolishga, hatto kechagi ittifoqchi noma’lum otalar bitta pirog uchun ozaro kurashishni boshlagachgina, ular ortiq bunday ishlab bolmasligini tushunishgan.

Xuddi shu holat propiska bilan ham bogliq. 2020 yilgacha "yopiq propiska" asosiy benefisiarlaridan biri uy joy quruvchilari va developerlar hisoblangan. Ular kam sonli, lekin qimmat uylar qurishgan. Chunki propiska olish mumkin bolgan qatlam korrupsiyalashgan, korrupsion daromadlarga ega va asosan qimmat uylarga talabgorlardan tashkil topgan. Pandemiya bu qoidalarni chilparchin qilib yubordi. Chunki endi osha kam sonli, lekin qimmat tolashga qodir mijozlar ham yoqotildi. Favqulodda yootishlargina propiskani ochib yuborishga turtki boldi. Mana hozir, osha yopiq propiska rejimini qollaganlarning biznesi va daromadlari osha yopiq davridagiga nisbatan karrasiga kengaygan. Oyiga 10ta kvartira sotayotganlar, oyiga 100ta kvartira sotayapti.

Xuddi shu hodisani 2000 yillar ortalaridagi uyali aloqa bozori, keyinroq riteyl tarmoqlari misolida ham korish mumkin. Bozorning ochiqligi, bitta emas, bir nechta mustaqil oyinchilarning paydo bolishi bozorni keskin, karrasiga kengaytiradi. Kecha butun bozorga bir ozi egalik qilib, cheklangan sharoitda shartli 1 million foyda korayotgan kompaniya. ochiqlik va bozor sharoitda endi bozorning 30 foizini nazorat qilishi mumkin, lekin uning foydasi shartli 5 milliondan koproq boladi.

Import boyicha cheklovlar va adresli proteksionizmdan bahramand bolib kelayotganlar, ayniqsa Ozavtomotors misolida shuni aytish mumkin, tushunishlari kerakki, ularning degradasiyasi davom etadi, toki bozor ochilmaguncha va yangi oyinchilar va qo`shimcha talab hisobiga bozor karrasiga kengaymaguncha.

Ha, aytganday, yopiq xususiylashtirishdan yutqazadigan eng asosiy taraf bu yopiq xususiylashtirish orqali aktivlarga egalik qilayotganlardir, ular arzon yoki tekin aktiv emas, vaqti kelib portlaydigan mina sotib olishayotgani bilmasliklari mumkin. Afsuski, buniyam ular juda kech tushunadilar.


azo bo'ling @iqtisodiy_blog