Get Mystery Box with random crypto!

Markaziy bank o’zining yangi hisobotida samarali pul-kredit si | Iqtisodiy Blog

Markaziy bank o’zining yangi hisobotida samarali pul-kredit siyosati shartlarini sanab o’tibdi. Barchasi bizga tanish, sodda, va ko’p marotaba takrorlanadigan shartlar. Undan qisqa iqtiboslar:

Birinchidan, iste’mol bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish, tarif va notarif cheklovlarni kamaytirish, xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ishlarini tezlashtirish

Ikkinchidan, alohida korxona yoki tarmoqlarga berilgan imtiyozlarni to‘liq tanqidiy xatlovdan o‘tkazish va bekor qilish orqali barcha bozor ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlarni hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish, soliqdan qochish holatlarida jazoning muqarrarligini ta’minlash

Uchinchidan, bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish

@iqtisodiy_blog