Get Mystery Box with random crypto!

Iqro bekati

Telegram kanalining logotibi iqrobekati — Iqro bekati I
Telegram kanalining logotibi iqrobekati — Iqro bekati
Kanal manzili: @iqrobekati
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

📚 Kitoblardan tushunchalarga, qalblarga, amallarga koʻchiramiz...
Ayol-qizlar uchun ingliz tili | https://t.me/ 2N3cDYD5BiFhNjdi
Hamkor kanal | @turkchadan_tarjima 🕊️
Reklama uchun | @iqrorek
©manba koʻrsatilsin🎈

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-08-10 17:33:06
Umr - istasang ham istamasang ham oʻtadigan vaqt. Ana shu umrni nima bilan toʻldirish muhimdir. Yashash bilan yashashning farqi bor. Oʻzimiz bilmagan, balki sezmagan holda oʻz umr kitobimizni yozmoqdamiz hozir...

@iqrobekati
371 viewsedited  14:33
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:30:05
#umr
Muso qissasidagi o'n yil haqida Qur'on yarim jumladan boshqa hеch narsa zikr qilmadi:
"Qachonki Muso muddatni tugatdi". ("Qasas" surasi, 29-oyat).
Bu muddat o'n yil edi.
Aniqki, ana shu o'n yil oddiy hayot o'laroq kеchgan. Uylanish, tirikchilik, ishlash, farzand ko'rish,bolalar tarbiyasi.
Sobit bo'lishicha, Muso shundan kеyin payg'ambar bo'lganlar.
Bunday hayotni aksarimiz yashaymiz va orzu qilamiz.
Lеkin bu hayot Allohning mеzonida tafsilot va eslashga arzimaydi.
Balki tafsilot xavf-xatarli kunlar, o'zgarishlar, kurash, hayot ag'dar-to'ntar bo'lishi, ta'qib, da'vat, dushman bilan yuzma-yuz bo'lish va matonat to'g'risida bo'ladi.
Eslashga arziydigan hayot miqyosi aynan shudir.
@MubashshirAhmad

P.S.
Alloh taolo jumlamizga eslashga arzigulik, sarguzashtlarga boy, ufqlari keng hayot nasib etsin. Hammani rozi qilaman deb (zotan, bu - imkonsiz) buyuk ishlarga, o'z kamolotiga kech qolganlardan qilib qo'ymasin.

@RobiyaNajmiddinova
332 views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:12:47
#layfhak

Agar biror nima qilsang yomon boʻladi degan gapni eshitsangiz bu irim ekani 100%kafolatlangan. Chunki nimadir boʻlishi faqat Allohning irodasiga bogʻliq narsalarga yoki voqealarga emas! Alloh asrasin...


@iqrobekati
451 viewsedited  11:12
Ochish/sharhlash
2022-08-09 05:13:55 #Assalomu_alaykum
#duo

Yashash qiyinlashganda oʻqiladigan duo

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Birortangizning yashashi qiyinlashib qolsa, uyidan ko'chaga chiqayotib quyidagi duolarni aytishdan nima man qiladi?» dеdilar:

بِسْمِ اللهِ عَلَى نَفْسِي وَمَالِي وَدِينِي، اَللَّهُمَّ رَضِّنِي بِقَضَائِكَ وَبَارِكْ لِي فِيمَا قُدِّرَ لِي حَتَّى لاَ أحِبَّ تَعْجِيلَ مَا أخَّرْتَ وَلاَ تَأْخِيرَ مَا عَجَّلْتَ

«Bismillahi 'alaa nafsiy va maaliy va diniy. Allohumma rozziniy biqozooika va barik liy fiyma quddiro liy hatta laa uhibba ta'jiyla maa axxorta va laa ta`xiyro maa 'ajjalta».
Ma'nosi: Nafsim, molim va dinimga Allohning ismini aytaman. Ey Robbim, qazoi qadaringdan mеni rozi et. Va taqdir qilgan narsangni mеn uchun barakali qil. Toki kеchiktirgan narsangni shoshiltirishni va shoshiltirgan narsangni kеchiktirishni yaxshi ko'rmayin.
Ibn Sunniy rivoyati.

Manba

@iqrobekati
432 views02:13
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:22:25
Yana bir mavzuga doir videolavhani sizga ulashmoqchiman. AzonTV ning "Tashrif" koʻrsatuvida "Toʻxtaniyoz ota" kolbasa va goʻsht mahsulotlarining tayyorlanish bosqichlari tahlil qilingan...

@iqrobekati
406 views16:22
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:13:26 Demak, suvda yashovchi hayvonlarning hammasi halol degan hadis bor deyishdi, ushbu videoda keltirilishicha bizning mazhabga koʻra hammasiniyam yeyish mumkin emas. Men isbot talab qilish uchun emas, (zotan yeb oʻrganmagan odam sifatida koʻnglim ham tusamaydi)…
403 views16:13
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:06:13
Harom sevgidan halol yolgʻizlik yaxshidir. Ayniqsa, halollik doirasi kengdir, insonga kifoya qilar. Haromga hech muhtojlik sezmassan.
360 views16:06
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:04:09 #audiokitob

7-qism | QIYOMAT VA OXIRAT
Jannatiylar va do'zaxiylar
Imom Abu Homid G'azzoliy


@iqrobekati
346 views16:04
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:04:04 #duo

Bozorga kirganda oʻqiladigan duo

Imom Hokim Burayda roziyallohu anhudan qilgan rivoyatida:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bozorga kirsalar:

بِسْمِ اللهِ اَللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ خَيْرَ هَذِهِ السُّوقِ وَخَيْرَ مَا فِيْهَا وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّهَا وَشَرِّ مَا فِيْهَا؛ اَللَّهُمَّ إِنِي أَعُوذُ بِكَ أَنْ أُصِيْبَ فِيْهَا يَمِيْنًا فَاجِرَةً أَوْ صَفْقَةً خَاسِرَةً

«Bismillahi, Allohumma inniy as‘aluka xoyra hazihis-suvqi va xoyra maa fiyha va a'uuzu bika min sharriha va shari maa fiyhaa. Allohumma inniy a'uuzu bika an usiyba fiyhaa yamiynan fajira av safqatan xoosira», dеb aytdilar.
Ma'nosi: «Allohning ismi ila. Allohim, Sеndan bu bozorning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni so'rayman. Va bu bozorning yomonidan hamda undagi yomonlikdan Sеning noming ila panoh tilayman. Allohim, Sеning noming ila gunohga eltuvchi qasamdan va zarar kеltiruvchi bitimdan panoh so'rayman».

Manba

@iqrobekati
420 views06:04
Ochish/sharhlash