Get Mystery Box with random crypto!

Iqro bekati

Telegram kanalining logotibi iqrobekati — Iqro bekati I
Telegram kanalining logotibi iqrobekati — Iqro bekati
Kanal manzili: @iqrobekati
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

📚 Kitoblardan tushunchalarga, qalblarga, amallarga koʻchiramiz...
Ayol-qizlar uchun ingliz tili | https://t.me/ 2N3cDYD5BiFhNjdi
Hamkor kanal | @turkchadan_tarjima 🕊️
Reklama uchun | @iqrorek
©manba koʻrsatilsin🎈

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-13 16:50:30
Ularni sinash uchun dunyo hayotining koʻrki qilib, ayrimlarini bahramand qilgan narsalarimizga koʻzlaringni tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir.

[Toha:131]

Huddiki sen hozir yaxshi va boqiy neʼmat ustidasan degandey boʻldi Allohim... Alhamdulillah...

@iqrobekati
175 viewsedited  13:50
Ochish/sharhlash
2022-08-13 16:16:18 #audiokitob

9-qism | QIYOMAT VA OXIRAT
Mеzon pallasi
Imom Abu Homid G'azzoliy


@iqrobekati
183 views13:16
Ochish/sharhlash
2022-08-13 16:11:13
Va sizga bugundan oʻzim uchun boshlagan chellenjimni tavsiya qilmoqchiman. Oʻtgan yili 1oycha amal qilganman juda barakali kunlarim boʻlgan. 12soat telefonsiz yashang. Kunduzi, shaxsan oʻzim un ham telefon, ijtimoiy tarmoq juda zarur. Ammo kechqurun deyarli befoyda kontentlar tomosha qilish mumkin, xolos. Shu sabab 21:00-9:00 oraligʻida telefoningizni umuman oʻchirib tashlang. Oʻrniga qoʻlingizga Qurʼon oling, foydali kitob oling, qazo namozlaringizni ado eting va h.k. Menimcha mana shu holatimiz Allohga koʻproq mahbubroqdir... Alloh muvaffaq qilsin, amiyn...

@iqrobekati
167 views13:11
Ochish/sharhlash
2022-08-13 16:09:39
#sinalgan

Kuningizdan qoniqmayotgan boʻlsangiz albatta kunlik reja tuzing. Ammo rejalashtirgan ishlaringiz odam zoti bajaroladigan darajada boʻlsin. Masalan, 1 soatda 500bet kitob oʻqiyman deyish aqlga toʻgʻri kelmaydi. Keyin har reja qilgan ishingiz uchun taymer oʻrnating. Taymer sizga daqiqalarni ayovsiz oʻtayotganini eslatib turadi. Men taymer bilan ancha unumli ish qilaman misol uchun.

@iqrobekati
170 views13:09
Ochish/sharhlash
2022-08-13 07:01:36
Qalb juda juda nozik. Uni sof tuta olish, har narsani koʻngilga olavermaslik, tashqi olamdan qalbni himoya qilish esa qalbni chiniqtiradi. Pashshadan fil yasamaydigan boʻladi inson... Agar mayda holatlar ham sizga taʼsir qilayotgan boʻlsa, ayb atrofingizdagilarda emas sizning bardoshsiz qalbingizda... Atrofdagi voqealarga bir esib ketuvchi shamol sifatida qarashni oʻrganishimiz kerak, bu oʻta muhim!..

@iqrobekati
234 views04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-12 21:43:47 Oldinlari Robiya Najmiddinova bilan suhbatlashishni istardim. Kanallarini pin qilib qoʻyganman har safar oʻqisam gaplashgandek boʻlaman Alhamdulillah. Mendan atigi bir yosh katta boʻlsalar kerak chamamda lekin fikrlashimiz, ilmimiz orasida ming yosh farq. Naqadar ortdaman... Qaysidir maʼnoda motivatsiya bu men uchun... Yaʼni odam qilganni odam qiloladi. Ulardek boʻlib yurish nasib qilsin, amiyn...
270 viewsedited  18:43
Ochish/sharhlash
2022-08-12 21:40:24 • Bolalar baho uchun o'qishga odatlantirilganda:
- avval baho uchun, shahodatnoma uchun o'qishadi, keyin o'qishga kirish uchun o'qishadi, keyin sessiya yopib diplom olish uchun o'qishadi. O'qish ham diplomga yarasha bo'ladi.
Aslida, baho u yoqda tursin, shunchaki bilish uchun o'qish ham ibratli holat emas.
O'qish - o'zgarish va asl maqsadga erishish uchun ko'prik bo'lishi kerak.
Asl maqsad esa - eng buyuk Muallimga yaxshi o'quvchi bo'lishdir.

"Va U Odamga ismlarning barchasini o'rgatdi..."
Baqara surasi, 31-oyat.

@RobiyaNajmiddinova
255 views18:40
Ochish/sharhlash
2022-08-12 21:33:54
Men kabi mana shunday kitob javoniga oshiqlar bormi? Kamida bir yillik orzum bu mening
277 views18:33
Ochish/sharhlash
2022-08-12 21:32:03
Agar har mahzunligingizda hayolingizga biror inson emas Alloh kelayotgan boʻlsa naqadar baxtlisiz... U har safar taskinga muhtojlik sezganingizda Oʻzini eslatishi "Men ularga jon tomiridan ham yaqinman" deganining isbotidir...

@iqrobekati
270 viewsedited  18:32
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:37:06 #audiokitob

8-qism | QIYOMAT VA OXIRAT
Jannatiylar va do'zaxiylar (davomi)
Imom Abu Homid G'azzoliy


@iqrobekati
375 views14:37
Ochish/sharhlash