Get Mystery Box with random crypto!

Oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni b | Ingliz filologiyasi || Zakovat klubi

Oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartibi tasdiqlandi

2022-2023-oʻquv yilidan boshlab
“Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi.

“Zakovat stipendiyasi” intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida:

1-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 soʻm);

2-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 soʻm);

3-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 soʻm) belgilanadi va yil davomida har oy toʻlab beriladi.

@alisher_sadullaev

https://t.me/yoshlar_klubi