Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz filologiyasi || Zakovat klubi

Telegram kanalining logotibi ingliz_filologiyasi_zakovat — Ingliz filologiyasi || Zakovat klubi I
Telegram kanalining logotibi ingliz_filologiyasi_zakovat — Ingliz filologiyasi || Zakovat klubi
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52
Kanalning ta’rifi

Intellectual Club of the Faculty of English Philology

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-05-19 19:53:10
#ZAKOVAT
#DEKAN_KUBOGI
#INGLIZ_FILOLOGIYASI

Qadrli intellektual o'yinlar ixlosmadlari!

Zakovat intellektual o'yinlarining Namangan davlat universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti "Dekan kubogi" baxsiga barchangizni taklif etamiz!

Ro'yhatdan o'tish ohirgi muddati:
20.05.2022 Soat: 00:00

O'tkazilish sanani: 21-may soat 10:00 da

O'tkazilish joyi: NamDU rektorat binosi ARM

Ro'yhatdan o'tish uchun @aziya_1603 ga murojat qiling.

Kanal manzili : https://t.me/Ingliz_filologiyasi_zakovat
107 views16:53
Ochish/sharhlash
2022-04-29 21:24:49
#Bayram
#Праздник
#Party

Hayit ayyomi "Qizlar ovozi" bilan

"Qizlar ovozi" jamoasi, aziz qizlarimiz uchun bayram oldi ajoyib sovg'alar ulashish niyatida!


Shartlarmiz oddiy:
- Bizning telegram hamda instagram ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling;
- Ushbu post ostiga 10 nafar dugonalaringizni belgilang;
- Instagram sahifangizda bizni belgilab Repost qiling va "Bajarildi" so'zini qoldiring.
https://www.instagram.com/qizlar_ovozi_namangan/
-Telegram gruhga 25 ta do'stingizni taklif qiling
-5 ta faol gruh(+30 a'zo)larga yuborin
G'oliblar 5-may kuni Tasodifiy raqamlar generatori tomonidan aniqlanadi!

1 - tanlangan raqam: "Qizlar ovozi" klubining maxsus 'dairy' daftari, ruchka, diplom hamda maxsus kitob
2 - tanlangan raqam: "Qizlar ovozi" klubining maxsus yon daftari, ruchka va diplom
3 - tanlangan raqam: "Qizlar ovozi" klubining maxsus yon daftari va ruchka

Shartlarni bajarib skrenshotlarni : @aziya_1603 ga yuborib tartib raqamingizni olishingiz mumkin.

Barchaga OMAD!

https://t.me/namangan_qizlar_ovozi
67 views18:24
Ochish/sharhlash
2022-04-25 17:39:40Диққат! Оммавий ахборот воситалари ва блогерлар ўртасида “Заковат” турнири ўтказилади

Масс-медиа фонди ҳамда “Заковат” интеллектуал клуби томонидан 3 май — Жаҳон матбуоти эркинлиги куни ҳамда 27 июнь — Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари кунига бағишлаб “Заковат” турнири ташкил этилмоқда.

Турнирда Ўзбекистон Республикасида расман фаолият кўрсатаётган барча оммавий ахборот воситалари жамоаси, шунингдек блогерлардан таркиб топган эркин жамоалар иштирок эта олади.

Турнирнинг умумий соврин жамғармаси 200 миллион сўм! Бунда:

1-ўрин — 100 миллион сўм;
2-ўрин — 60 миллион сўм;
3-ўрин — 30 миллион сўм;
4-ўрин — 10 миллион сўм билан мукофотланади.

Ҳар бир ОАВ номидан 1 та жамоа иштирок этиши мумкин ва таркибга киритилган иштирокчилар ушбу ОАВда расмий меҳнат шартномаси билан ишлаётган ходим бўлиши шарт (блогерлар учун бундай талаб йўқ).

Жамоалар таркиби 6 нафар асосий ва 1 нафар захира иштирокчидан иборат бўлади (захира иштирокчи мажбурий эмас). Жамоалар таркибида “Заковат” клубининг профессионал билимдонлари бўлишига рухсат берилмайди.

Турнирда иштирок этиш учун ОАВлар Низомда кўрсатилган ариза намунасини тўлдирган ҳолда, ОАВ раҳбари ёки бош муҳаррирининг имзоси ҳамда ташкилот муҳри билан биргаликда oav@zakovat.tv электрон почтаси орқали ариза юборишлари лозим. Блогерлар эса www.zakovat.tv/blogerlar манзили орқали ўтиб, махсус анкетани тўлдириб юборишлари лозим.

Аризалар 2022 йилнинг 5 май (шу куни ҳам) кунига қадар қабул қилинади.

Турнирнинг асосий босқичи “Заковат” интеллектуал ўйини қоидалари асосида, ярим финал ҳамда финал ўйинлари эса брейн-ринг ўйини қоидалари асосида ўтказилади.

Турнирнинг ўтказилиш санаси ва жойи қўшимча маълум қилинади.

Қўшимча маълумот ва турнир Низоми билан www.zakovat.tv сайтида танишишингиз мумкин.

Барча журналист ва блогерларни интеллектуал турниримизга таклиф этамиз!


@zakovat
63 views14:39
Ochish/sharhlash
2022-04-21 19:27:06 NAMANGAN TELEKANALIDA NAMANGAN ZAKOVAT KLUBI A‘ZOLARI.

Namangan viloyatida intellektual o‘yinlarga bo‘lgan e‘tibor va qiziqishni yuqoriligi natijasida Namangan telekanalida "Bilimdon shou" nomli o'z loyihasiga ega bo‘ldi.

Namangan telekanalida 22-aprel kuni soat 13:30 va 20:30 da "Bilimdon shou" intellektual o‘yini 1-soni efirga uzatiladi.

Intellektual loyihaning 1-sonida Namangan zakovat klubining Zarhal, Renassans va Tafakkur kabi jamoalari ishtirok etishadi. Intellektual loyiha boshlovchisi esa Shavkatbek Shokirov.

Namangan Zakovat klubi a‘zolariga efir orqali muhlislik qilishingizni so‘rab qolamiz.

Efir sanasi: 22. 04. 2022
Efir vaqti: 13:30 va 20:30
Efir kanali: Namangan telekanali.

Efir nomi: Bilimdon shou
Efir boshlovchisi. Shavkatbek Shokirov


Rasmiy kanal: @Namangan_Zakovat
57 views16:27
Ochish/sharhlash
2022-04-20 14:13:20
Bizning mehmonimiz- Iroda Qo‘chqarova

20.04.2022 ( chorshanba) kuni soat 21:00 da Namangan viloyat hokim maslahatchisi Iroda Qo‘chqarova bilan suhbat bo‘lib o‘tadi.

Qizlar ovozi klubiga qiziqasizmi? Siz ham ushbu jamiyat a‘zosi bo‘lmoqchimisiz?

Unda sizni ovozli suhbatimizda kutamiz

Telegram voice chatda
@namangan_qizlar_ovozi
42 views11:13
Ochish/sharhlash
2022-04-16 14:45:31 "Zakovat intellektual klubi" NNT Namangan viloyati "Zakovat" klubi mavsumiy o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘ting

Klub o‘yinlarida ishtirok etish mutlaqo BEPUL!

Yakka tarzda ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/cKAJ2QebHS9xKMpg7

Jamoa bo‘lib ro‘yxatdan o‘tish uchun:
https://forms.gle/FJVJ8uRso7aWSvk36

O‘yin o‘tkaziladigan joy manzili:
(Nodirabegim nomidagi Namangan viloyat axborot-kutubxona markazi)

O‘yin o‘tkazilish vaqti va boshqa ma'lumotlarni Namangan viloyati "Zakovat" klubi @Namangan_Zakovat telegram kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin!
97 views11:45
Ochish/sharhlash
2022-04-13 17:46:01
DIQQAT JAMOAMIZ A'ZOSIGA AYLANING!

Namangan "Qizlar ovozi " klubi tashabbusi bilan tumanlarda Qizlar o'rtasida oflayn koordinator sayloviga start berildi.


Challengeda 16 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan Qizlar qatnashishi mumkin.
15-apreldan-10-may kunigacha tumanlarga koordinator saylovlari davom etadi(Deadline: 10-may 23:59)

10-may kuni FINAL bosqichi bo'lib o'tadi. Saralab olinganlarga pochta orqali xabar beriladi

Keyingi bosqich Suhbat jarayoni 11-may kuni bo'lib o'tadi

Diqqat ushbu bosqichlardan o'tganlar o'z tumanlarida koordinator bo'lib saylanishadi

Sizni, ajoyib jamoa, yutuqlar, turli diplom va sertifilatlar hamda qimmat speakerlardan mutlaqo bepul darslar kutmoqda. Jamoada ko'rishguncha

BIZNING KANAL
t.me/Namangan_Qizlar_Ovozi
@Yang_Qizlar_ovozi

#tanlovlar
#ozingga_ishon
#tosiqlarni_parchala

Murojaatingizni
Aziza Aspandiyarova- @aziya_1603
Ozoda Muminova- @rarra_arobina da qo
ldirishingiz mumkin
50 views14:46
Ochish/sharhlash
2022-04-11 16:25:03
Oʻquvchi-yoshlar va talabalar uchun “Zakovat stipendiyasi”ni berish tartibi tasdiqlandi

2022-2023-oʻquv yilidan boshlab
“Zakovat” intellektual oʻyini va boshqa intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy “Zakovat stipendiyasi” beriladi.

“Zakovat stipendiyasi” intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida:

1-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 soʻm);

2-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 soʻm);

3-oʻrinni olgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 soʻm) belgilanadi va yil davomida har oy toʻlab beriladi.

@alisher_sadullaev

https://t.me/yoshlar_klubi
51 views13:25
Ochish/sharhlash
2022-04-10 20:27:11
QUIZQAND

AQL JANGI

Tez kunda....

https://t.me/yoshlar_klubi
50 views17:27
Ochish/sharhlash