Get Mystery Box with random crypto!

IMHO

Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO I
Telegram kanalining logotibi imho_my — IMHO
Kanal manzili: @imho_my
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.46K
Kanalning ta’rifi

Kanalda bir insonni oʻylantirgan 💡IMHO fikrlar, exclusive yangiliklar 💥, foydali maʼlumotlar✅ berib boriladi.
Reklama va murojaatlar uchun bot:
t.me/imho_my_bot
📩INSTAGRAM: https://instagram.com/imho_my?igshid=ZDdkNTZiNTM=

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-20 14:01:19 Shakar ham zarar, tuz ham zarar

Koʻp yillardan beri bizga shakar va tuzni koʻp isteʼmol qilish turli xil kasalliklarga sabab boʻlishini uqtirib kelishdi. Qadim zamonlarda yashagan ajdodlarimiz bunday mahsulotlarga juda qiyinchiliklar bilan erishgani uchun biz oʻzimiz xohlamagan holda shakar va tuzni koʻp miqdorda isteʼmol qilib qoʻyamiz.

Meʼyoridan oshib ketsa, hamma narsa zarar ekanligini hisobga olgan holda shuni aytishim mumkinki, shunchaki asabingizni asrang. Qolgani Allohdan.

@imho_my
13 views11:01
Ochish/sharhlash
2023-05-20 10:09:43 YURTIM SHAMOLI

Koʻnglimni qoldirdi tadbirkozliklar,
Tadbirlardan qolgan qarsakbozliklar.
Mayli, maddohlikni qilavering siz,
Quloqqa lagʻmonni ilavering siz.

Jonimga tegdi ha qogʻozbozliklar,
Nosoz tizimdagi koʻp nosozliklar.
Shukur qil deya yuravering siz,
Oʻzga yurt xayolin suravering siz.

Olamga toʻldi-ku chamanbozliklar,
Paxtaga chulgʻangan paxtabozliklar.
Boʻlar ish boʻlar deb turavering siz,
Manqurt bir jamiyat quravering siz.

Yoshlarda avj oldi qimorbozliklar,
Tamannolar ichra tamannozliklar.
Oʻzgalardan najot kutavering siz,
Najotkor matohni titavering siz.

Toʻralardan qolgan joʻrabozliklar,
Nomardlardan qolgan nojonbozliklar.
Oqar daryo kabi oqavering siz,
Jaholat oʻchogʻin yoqavering siz.

Soddalar ichinda nayrangbozliklar,
Yantoqlar uzra koʻp bayrambozliklar.
Menga ne deb bilmay ketavering siz,
Shundayin dunyodan oʻtavering siz.

Sarvarbek Habibulla

Manba: @Sarvarbek_ijodiyoti

@imho_my
15 views07:09
Ochish/sharhlash
2023-05-19 19:21:14
Dasturlashdan zerikkaningda

"Va konsol boʻm-boʻsh qolib ketdi..."

@imho_my
18 views16:21
Ochish/sharhlash
2023-05-19 12:51:53
Biz qanday yurtda yashayapmiz?!

@imho_my
22 views09:51
Ochish/sharhlash
2023-05-19 10:02:31
Kapalakning qanotlari oʻsishiga qoʻyib bering.

@imho_my
47 views07:02
Ochish/sharhlash
2023-05-19 08:18:24
«Bolajon» «xalq».

Manba: @habikatura

@imho_my
22 views05:18
Ochish/sharhlash
2023-05-19 06:15:57 Motivatorlar nega qoralanadi?

Marketingni eplolmagan marketingchi, biznes qilib koʻrmagan biznes motivatorlar tufayli motivator deganda xayolimizga faqat boʻlmagʻur narsalarni gapiruvchi odam keladigan boʻlib qolgan. Aslida toʻgʻri motivatsiya bera olsa, ruhlantirib turadigan odam ham kerak. Bunda auditoriya sergak va ziyrak boʻlsa bas: nimanidir qoyillatib qoʻygan haqiqiy motivator bilan oʻzi amalda bajarmaydigan narsalarini oʻrgatishga harakat qiladigan motivatorning farqiga borishi lozim.

@imho_my
21 views03:15
Ochish/sharhlash
2023-05-18 19:01:19
Sogʻinganlar bormi?

@imho_my
24 views16:01
Ochish/sharhlash
2023-05-18 17:51:47 Oʻyin-kulgiga vaqtimiz yoʻq

Oʻzbekistonning hozirgi holati va jahon miqyosidagi oʻrnini hisobga oladigan boʻlsak, biz taʼlim dargohlariga taʼlim olish uchun borishim zarur. "Yosh paytim oʻynab-kulib qolay" degan oʻy-xayolda emas. Nega shu gapni aytisharkin-a?! Goʻyoki ular faqat yosh payti mazza qilib yashab, keyin umuman bunga vaqti boʻlmaydigandek. Bir narsa ayon: agar yoshlik payti faqat oʻynab-kulish bilan oʻtib ketadigan boʻlsa, keyinchalik hayotdan zavq olishga aniq vaqti boʻlmaydi.

Har kim koʻrpasiga qarab oyoq uzatganidek Oʻzbekiston yoshlari ham oʻz sharoitiga, atrof-muhitiga qarab harakat qilishi kerak. Agar biz hozir faqat oʻyin-kulgi qilib, ilm olishni tark qilib, mamlakatimizni rivojlantirmaydigan boʻlsak, biz sogʻlom jamiyatda va rivojlangan yurtda yashamayotganimizdek kelgusi avlod ham farovon umrguzaronlik qilolmaydi. Kelajak avlod yaxshi yashashi uchun ham bugun harakat qilmogʻimiz darkor. Bizning zimmamizdagi masʼuliyat ancha katta.

@imho_my
48 views14:51
Ochish/sharhlash
2023-05-18 17:39:23 Halovat oddiylikda?

Ijtimoiy tarmoqlarda bir xaroba uyning tasviridan foydalanib, halovat oddiylikda ekanini uqtirmoqchi boʻladigan kontentlarni koʻp kuzatganman. Qaysi asosga koʻra kontent joylayotgan inson shu fikrga kelgan ekan? Lekin shunday uyda yashaydigan insonlarning hammasi ham halovat topgan degani emas. Albatta, agar inson oʻz hayotini murakkablashtirmasa, dabdali hayotidan ham halovat topishi mumkin.

Oʻzimizni aldamaylik, hozirgi global zamonda oddiy boʻlish, sodda boʻlish yaramaydi. Yashayapsizmi, demak, yashab qolishingiz ham kerak. Men erkin va farovon yashashni nazarda tutdim, kun kechirishni emas. Shu bois oʻqing, izlaning va har qanday holatda ham halovat topa oladigan insonga aylaning.

@imho_my
23 viewsedited  14:39
Ochish/sharhlash