Get Mystery Box with random crypto!

Halovat oddiylikda? Ijtimoiy tarmoqlarda bir xaroba uyning ta | IMHO

Halovat oddiylikda?

Ijtimoiy tarmoqlarda bir xaroba uyning tasviridan foydalanib, halovat oddiylikda ekanini uqtirmoqchi boʻladigan kontentlarni koʻp kuzatganman. Qaysi asosga koʻra kontent joylayotgan inson shu fikrga kelgan ekan? Lekin shunday uyda yashaydigan insonlarning hammasi ham halovat topgan degani emas. Albatta, agar inson oʻz hayotini murakkablashtirmasa, dabdali hayotidan ham halovat topishi mumkin.

Oʻzimizni aldamaylik, hozirgi global zamonda oddiy boʻlish, sodda boʻlish yaramaydi. Yashayapsizmi, demak, yashab qolishingiz ham kerak. Men erkin va farovon yashashni nazarda tutdim, kun kechirishni emas. Shu bois oʻqing, izlaning va har qanday holatda ham halovat topa oladigan insonga aylaning.

@imho_my