Get Mystery Box with random crypto!

#hayotiy O'quvchilarim muvaffaqiyatga erishsa hursand bo'lama | Ilyos Zoitov

#hayotiy
O'quvchilarim muvaffaqiyatga erishsa hursand bo'laman. Lekin bundan ko'proq hursand bo'ladigan narsam bo'lmagandi. Bugun bir narsa bo'ldi. Ertalab yo'lda ketayotsam bir o'quvchimni otasi qo'ng'iroq qildi. Uni farzandini o'qitgandim. Farzandi erishgan natijadan juda hursand bo'lganini aytdi. U otani qay darajada hursandligini his qilish mumkin lekin tasvirlab bo'lmaydi. Anglagan narsam shu bo'ldiki, o'quvchimni muvaffaqiyatidan ham kora ularning ota-onasini hursandchiligini ko'rish ko'proq zavq berarkan.

Allohim meni shunday insonlardan qilganligi uchun beadad shukurlar bo'lsin.

P.s. Bu gaplarni kimgadir maqtanish uchun yozmayapman. Orangizda o'qituvchilar bo'lsa yoki o'qituvchi bo'lmoqchilar bo'lsa, ozgina bo'lsa ham shu kasbga bo'lgan hurmatingizni va munosabatingizni o'zgartirishga sababchi bo'lishdan umidvorligim uchun yozyapman.
@Ilyos_Zoitov