Get Mystery Box with random crypto!

#hayotiy Yaqinda bir yaqin do'stim menga bir men haqimda ishla | Ilyos Zoitov

#hayotiy
Yaqinda bir yaqin do'stim menga bir men haqimda ishlangan bir videoni jo'natdi. To'g'risi Shu vaqtgacha bunday holatlar ko'p bo'lgan. Alloh qodir qilganicha 3yildan buyon dars o'tib kelyapman. Odatda bunday videolarni o'quvchilarim jo'natishib bayramlarda tabriklashardi. Lekin bu do'stim jo'natgan videorolik to'g'risi juda qattiq ta'sirlantirdi. Chunki do'stim o'sha videoni olishi uchun bizdagi yagona sabab bizning shunchaki yaqin do'st ekanligimizdir. U video hech qanday sababsiz shunchaki jo'natildi: hech qanday qutlov yoki tabrik ma'nosida ham emas. Unga men hech qanday manfaat bermaganman. Yoki u do'stim o'quvchim bo'lib mendan dars olgan bola emasdi. U bilan yoshlikdan birga o'smaganmiz.

To'g'risi bu hislarni so'z bilan ta'riflash o'ta mushkul ish. Bitta video uchun shuncha postmi deyishingiz ham mumkin. Lekin o'ylab ko'ringda qaysi do'stingiz sizga siz u bilan birga bo'lmasangiz jannat kerakmas deydigan darajada yaqin. Juda kamchiligimizda bor bunday do'stlar.

Meni shunday do'stlik ne'mati bilan rizqlantirgan Allohimga behisob shukrlar bo'lsin.

Bu postni yozishimdan maqsad, shu do'stimni boshiga hozir har xil sinovli kunlar tushyapti. Allohim mushkullarini oson qilsin, shu do'stimizni duolaringizda eslab qo'ying.

Barchangizga shunaqa do'stlik nasib etsin
@Ilyos_Zoitov