Get Mystery Box with random crypto!

ifoda

Telegram kanalining logotibi ifoda_bilan — ifoda I
Telegram kanalining logotibi ifoda_bilan — ifoda
Kanal manzili: @ifoda_bilan
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 83
Kanalning ta’rifi

Nasihat avvalo oʻzimga...
@m_sodiq

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-23 11:23:51 Yana bir savol:

Baxtiyor hayot - hamma narsani toʻgʻri bajargani va munosib boʻlgani uchun kishiga beriladigan mukofotligi isbotlanganmi, oʻzi?!


@ifoda_bilan
1.1K views08:23
Ochish/sharhlash
2022-06-21 20:50:46 Ko‘ngil ko‘ngilning istagi ijobatini istaydi.

@ifoda_bilan
419 views17:50
Ochish/sharhlash
2022-06-21 15:41:02 Baxt bu kutiladigan yoki qidiriladigan narsa emas, balki inson hayotida sodir boʻladigan va uning ruhiyatiga ijobiy taʼsir qiladigan jarayonlar majmuasidir.

Baxtni aql bilan tushunilmaydi, uni kishining ruhiyati his eta oladi.

Agar bu ijobiy hissiyotlar toʻla baxtni hosil qilmasa, baʼzan turli vositalar bilan zoʻraki baxtiyorlik namoyish qilinadi.

Lekin, baxtga oʻz-oʻzini aldash bilan erishilmaydi, albatta...

@ifoda_bilan
432 views12:41
Ochish/sharhlash
2022-06-19 22:11:17 Bir kuni Rosululloh sallallohu alayhi vassalom:
Ey Muoz, Allohga qasamki, seni yaxshi ko‘raman. Har namozingni so‘ngida, "Allohim seni eslashga va senga shukr qilishga va senga go‘zal ibodat qilishga yordam ber" deyishlikni unutmagin - dedilar.

@ifoda_bilan
493 viewsedited  19:11
Ochish/sharhlash
2022-06-19 22:00:17 Ummatimda halol va haromni yaxshi biluvchiroq Muoz ibn Jabaldir.

Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)dan

@ifoda_bilan
405 viewsedited  19:00
Ochish/sharhlash
2022-06-19 13:21:47 Toza ko‘ngillardan istasang makon
Toza niyatlarga qil qalbni makon.


@ifoda_bilan
379 viewsedited  10:21
Ochish/sharhlash
2022-06-18 17:53:35 Uxlashni yaxshi ko‘raman.

Chunki uxlagan paytimdagina o‘zimning gunohga to‘la o‘tmishim, bema‘no va befoyda o‘tayotgan hozirgi kunlarim va umidsiz kelajagim haqida o‘ylamayman.

Uyqim kelyapti...


@ifoda_bilan
1.2K views14:53
Ochish/sharhlash
2022-06-18 16:08:02 Kiyinish va ziynatlanish tanqid qilinganida har kim, hatto eng olifta ham o‘zini me‘yordan chiqmagan, deb biladi va tanqidni o‘zidan ham battarlarga tegishli deb o‘ylaydi.

Inkor qilishga shoshilmasdan, kiyim javoniga bir qarab qo‘yish tavsiya etiladi.


@ifoda_bilan
374 views13:08
Ochish/sharhlash
2022-06-15 16:48:02 Qaldirg‘och...

Ayvonga iningni qurganing,
Kechagidek yodimda kelganing.

Vaqt o‘tib qadrdon bo‘lganing,
Ko‘ngildan chuqur joy olganing.

Qaldirg‘och...

Havotir yashaydi ichimda
Afsus, uzoqlarga ketasan bir kun.

Xuvillab qoladi, bilaman
Ayvon ham, ko‘ngil ham o‘sha kun.

Qaldirg‘och...

Bahor kelaverar takror va takror
Lekin sen hech qachon qaytmaysan.


@ifoda_bilan
448 viewsedited  13:48
Ochish/sharhlash
2022-06-12 15:37:09 Kutubxonada rasmga tushish - ilm olish emas.

Soqol qo‘yishning o‘zi - e‘tiqod emas.

Ro‘mol o‘rashning o‘zi - iffat emas.

O‘zga aybini oshkor qilish - adolat emas.

Shaxvoniy ehtiyoj - muhabbat emas.

Unashtiruv - nikoh emas.

Qarz - sovg‘a emas.

Ota-ona - boqiy emas.

Musibatlar - jazo emas.

Umr - lotoreya yutug‘i emas.

Mashxurlar - qahramon emas.

Qahramonlar - mashxur emas.

Vatan - davlat emas.

Ko‘ngil - arzon emas.

Mehr - pullik emas.

Ba‘zilar - inson emas.

@ifoda_bilan
1.8K viewsedited  12:37
Ochish/sharhlash