Get Mystery Box with random crypto!

Qaldirg‘och... Ayvonga iningni qurganing, Kechagidek yodimda | ifoda

Qaldirg‘och...

Ayvonga iningni qurganing,
Kechagidek yodimda kelganing.

Vaqt o‘tib qadrdon bo‘lganing,
Ko‘ngildan chuqur joy olganing.

Qaldirg‘och...

Havotir yashaydi ichimda
Afsus, uzoqlarga ketasan bir kun.

Xuvillab qoladi, bilaman
Ayvon ham, ko‘ngil ham o‘sha kun.

Qaldirg‘och...

Bahor kelaverar takror va takror
Lekin sen hech qachon qaytmaysan.


@ifoda_bilan