Get Mystery Box with random crypto!

​​Adolat kuchda emas, balki kuch adolatdadir! Amir Temur ha | 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot

​​Adolat kuchda emas, balki kuch adolatdadir!

Amir Temur haqiqat uchun oʻz jonini xatarga qoʻyib, noxush va qaygʻuli xabarlarni Humkdori oliylariga yetkazishga jurʻat topa olgan chopar va elchilarni doim ragʻbatlantirgan. Zero barcha yetti iqlim Hukumdorining shirin yolgʻondan, achchiq haqiqatni afzal koʻrishini bilgan va shu xislati uchun sharaflagan.

Sohibqiron Fransiya qiroli Karl VI ga yozgan maktubida shu misralarni bitilgandi: “Siz savdogarlaringizni mening davlatimga yuborasiz. Biz ularning hurmatlarini bajo keltirgan holda, iltifot bilan qarshilaymiz. Shu bilan bir qatorda, biz ham sizning mamlakatingizga oʻz savdogarlarimizni safarbar etamiz. Siz ham ularga hurmat ko'rsatib, ortiqcha to'siqlarga roʻbaro boʻlishlariga yoʻl qoʻymang. Sizga boshqa talablar yoʻq. Ittifoqo, dunyo savdo odamlari tufayli taraqqiy topadi”, — shu orqali Sarkarda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tinchlik va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish taraqqiyotning asosi ekanini qayd etadi.

#ManguSarkarda #ВечныйПолководец #UICGames #Justice

Biz haqimizda:
Facebook | Instagram | Telegram

Dasturlashni biz bilan birga o'rganing
@Ideal_Dasturchilar