Get Mystery Box with random crypto!

Yurtimizdagi ilk tarixiy video oʻyin Kuni kecha — 2020-yil 19 | 💻 Ideal Dasturchilar by YashilRobot

Yurtimizdagi ilk tarixiy video oʻyin

Kuni kecha — 2020-yil 19-dekabr kuni Hilton mehmonxonasi Congress Hallʼda “Mangu Sarkarda” video oʻyinining taqdimoti boʻlib oʻtdi. "AAA" oʻlchamdagi mazkur oʻyin yurtimizdagi ilk tarixiy video oʻyindir.

Oʻyin yaratuvchisi UIC Games loyiha ustida 1 yil davomida ish olib bordi. Oʻyin tarixiy haqiqatga asoslangan boʻlib, Unreal Engine oʻyin mexanizmida yaratildi.

Taqdimot Toshkent Yoshlar Forumi doirasida oʻtkazildi va ishtirokchilar tomonidan kutilganidan ham iliq qarshi olindi.

Oʻyin yaratilishi va unga oid yangiliklar haqida @mangusarkarda hamda @uicgames sahifalari orqali xabardor boʻlishingiz mumkin.

Dasturlashni biz bilan birga o'rganing
@Ideal_Dasturchilar