2022-11-17 23:03:39
Monoton
Nahot muammo bo'lar hattoki bir satrim ham
Go'yo tuman ichra bir turar ushbu satrim nam
Bosh sahifa ochilgan, nol-u bir hisoblashar
E'tiborim ekran-u, qalbda inqilob yashar
Allaqachon boshlangan "kim-o'zar" o'zing bilan
Hamon yarim yo'ldasan noaniq so'zing bilan
Esla, qara inkorsiz - o'zing O'zing emassan!
"O'sish bari imkonsiz..." -Shoshma, bunday demassan!?
Revolutsion o'ylarim, hayollarim lirika
Nostabilman, mayli, "hozrcha bu" deylik-a
Hozrcha faqat hayol, reja, maqsad motivlar
Pessimist klonga so'z: "Kerak hali ko'p yillar!"
Yillarmish-a, to'xta, ey! Eshit, qara oz qoldi
Qara, monotonligim bugun darsda no'l oldi
Uchamiz, ayni vaqti. parvoz va'da qilingan
Omad reys afishasi allaqachon ilingan!
2022.11.18
@ibrohimov_post
27 viewsIBROHIMOV, edited 20:03