Get Mystery Box with random crypto!

Ibrat! Bir kuni shoh vazirini chaqirib, bir qop chayon topib | Tasmiya

Ibrat!

Bir kuni shoh vazirini chaqirib, bir qop chayon topib kelishni buyuribdi. Vazir butun mamlakatni aylanib, buncha chayon topa olmabdi. Shunda yordam so‘rab, bir donishmandning oldiga boribdi. Donishmand esa shunday javob qilibdi:
— Falon joyda falon qozining qabri bor. Shuni ozgina ochib, bir qop chayon olasan. Lekin ketishda ochgan joyingni berkitib qo‘yish yodingdan ko‘tarilmasin. Aks holda, butun mamlakatni chayon bosib ketadi...

Birovning ustidan hukm chiqarayotganlar qabrlari chayonga to‘lib ketishidan ehtiyot bo‘lishsin!

@Husnora_Axadova