Get Mystery Box with random crypto!

Qoqilsam, qo‘limdan tutguchilar ko‘p, Kulguchilar esa... Ular | Tasmiya

Qoqilsam, qo‘limdan tutguchilar ko‘p,
Kulguchilar esa...
Ular beayb.
Ular
nima qilsin, nigohlaridan,
Qizil atirgullar ketsa sarg‘ayib!

Xullas shu,
to abad taajjubdaman.
Qo‘ying, hisoblamang oy-kunlarimni.
Bugun yaratganning sinovidaman,
Xayrli qilsa bas yakunlarimni!

@Husnora_Axadova