Get Mystery Box with random crypto!

Huquqshunos yordami

Telegram kanalining logotibi huquqshunos_yordami — Huquqshunos yordami
Kanal manzili: @huquqshunos_yordami
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81.12K
Kanalning ta’rifi

Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504
Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇
@Online_maslaxatchii
@telefon_orqali_maslaxat

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-06-06 20:05:07 Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?

JAVOB: ushbu savolga javob berishdan oldin, eng avvalo, hali Qurbon Hayiti kuni rasman belgilanmaganini hisobga olishimiz kerak.

Hozircha Qurbon hayiti kuni, ya’ni hijriy taqvim bo‘yicha zulhijja oyining o‘ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Agar shunday bo‘lsa, unda O‘zbekistonda olti kunliklar 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. Qaysi kunga to’g’ri kelishining ahamiyati yo’q.

Keling, hayit 16-iyunga to’g’ri kelsa, dam olish kunlari qanday bo’lishini ko’rib chiqamiz:

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot
16.6K views17:05
Ochish/sharhlash
2024-06-06 13:01:37
Jinoyat ishlarini hal qilish va tergov qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, prokuratura, sud va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari ko‘pincha sud ekspertlarining yordamiga murojaat qiladilar, ular ashyoviy dalillarni ilmiy tadqiq etish orqali ko‘plab jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy ishlarda jinoyatlarni oshkor qilish, tergov qilish, oldini olish va haqiqatni aniqlashga hissa qo‘shadilar.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Samarqand viloyat bo‘limida hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi sohasida bir qator yangi usullar ishlab chiqildi, ulardan foydalanishda soxtalashtirish faktlarni aniqlashga imkon beradi.

Mutaxassis amaliyotidagi holatlar shuni ko‘rsatadiki, firibgarlarning fitnalaridan qochish uchun hujjatlarni manipulyatsiya qilishda quyidagilarga rioya qilish kerak:

1. Hujjatlarning asl nusxalari bilan muomala qiling chunki nusxa ko‘chirishda siz turli xil hujjatlarning qismlari ya’ni imzo boshqa har qanday hujjatdagi muhr izlari yordamida o‘rnatishi mumkin.

2. Imzoyingizni shuningdek muhr izini bo‘sh varaqlarga qo‘ymang chunki har qanday hujjatlarni rasmiylashtirish bahonasida ushbu varaqlarda istalgan matnni chop etishi mumkin. Faqat hujjatlarning texnik-kriminalistik ekspertizasi mutaxassislari zamonaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda muhr va imzo qo‘yilgandan so‘ng hujjat matni bajarilganligini isbotlashlari mumkin.

3. Hujjatlarni rasmiylashtirishda matn bilan imzo va muhr bosma izi o‘rtasida bo‘sh joy qoldirmang, chunki ekspert amaliyotida bo‘sh joyga turli mazmundagi matnlar bosib chiqarish bilan hujjatlarni qalbakilashtirish holatlari bo‘lgan.

4. Shuni yodda tutingki, kerakli asbob-uskunalar va materiallar bilan jihozlangan kompyuter dasturlaridan foydalangan holda, haqiqiyidan farq qilmaydigan muhrlar va shtamplar ishlab chiqarish mumkin va faqat zamonaviy uskunalardan foydalanadigan mutaxassislar soxtani taniy olishadi. Asosan, ushbu qalbakilashtirish holatlari kvartiralarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha kvartirani firibgarlik yo‘li bilan, soxta muhrlar va notarius imzosi bilan bir necha shaxsga sotish mumkin. Shu munosabat bilan fuqarolar hushyor bo‘lishlari va shubhali holatlarda huquqni muhofaza qilish idoralariga murojaat qilishlari kerak.

5. Hujjatlarni sud ekspertizasi laboratoriyasida eskirgan, xiralashgan hujjatlar, ulardagi yozuvlarni tiklash hamda yozuvlarni kesib tashlagan tadqiqotlar olib boriladi. Bunday holda, fuqarolar shaxsiy murojaat qilishlari va mutaxassis fikrlarini olishlari mumkin. Eskirgan hujjatlarni saqlash qoidalariga rioya qiling. Hujjatlarni qog‘ozga yoki kartonga yopishtirmang, chunki yopishtiruvchi bo‘yoq bilan reaksiyaga kirishadi va yopishtiriladigan joylarda yozuvlar tarkibini tiklash imkonsiz bo‘lib qoladi.

So‘nggi paytlarda vino va aroq mahsulotlari solingan butilkalarga hamda banknotalarga yopishtirilgan aksiz markalarini qalbakilashtirish hollari ham keng tarqalmoqda. Oliy ma’lumot diplomlari, sertifikatlar, sayohat kartalari, imtihon testlarini qalbakilashtirish hollari ko‘pincha uchraydi.

An’anaviy va yangi texnika hamda zamonaviy uskunalardan foydalanish mutaxassislar oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi. Eng so‘nggi uskunalardan foydalanish sud ekspertizasining ilmiy saviyasini yanada oshirishga yordam beradi va shu bilan jinoyatlarni tergov qilishda zarur bo‘lgan ekspert xulosalarini ishonchli qiladi.

Orzu Raximov, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Samarqand viloyat bo‘limi yetakchi eksperti

@Huquqshunos_yordami
11.8K views10:01
Ochish/sharhlash
2024-06-06 09:39:09
Chet tili sertifikati uchun may oyida imtihon topshirganlarning natijasi qabul yakunigacha chiqadimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, chiqadi.

Mazkur savol bo’yicha UzBMB vakili bilan bog’lanib aniqlik kiritishga harakat qildim. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, may oyidagi imtihon natijalari 25-iyunga qadar, ya’ni qabul tugagunga qadar e’lon qilinadi. Yetarli darajadagi natijani ko’rsatgan abituriyentlarning shaxsiy sahifasida bu haqdagi ma’lumot avtomatik ravishda o’zi paydo bo’ladi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot
11.2K views06:39
Ochish/sharhlash
2024-06-05 08:50:30
2024-2025-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul” boʻlimi orqali amalga oshirilmoqda.

Roʻyxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Yuqorida videoqoʻllanma.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot
16.2K views05:50
Ochish/sharhlash
2024-06-04 13:40:52 Qurbon Hayitida necha kun dam olinadi?

Qurbon Hayitida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bular:

15-iyun, shanba — 5 kunlik ishlovchi xodimlarga dam olish kuni, 6 kunlik ishlovchi xodimlarga esa ish kuni;

16-iyun, yakshanba — Qurbon Hayiti kuni;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni;

18-iyun, seshanba — qo'shimcha barcha uchun dam olish kuni;

19-iyun, chorshanba — barcha uchun ISH KUNI.

Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot
73.3K viewsedited  10:40
Ochish/sharhlash
2024-06-04 09:02:26 #Педагоглар_учун_имтиёз

Педагог, психолог ва кутубхона ходимларининг базавий тариф ставкаларига ҳар ойлик 40 фоизгача устамалар берилади

Педагог, психолог ва кутубхона ходимларининг базавий тариф ставкаларига ҳар ойлик устамалар тарбиявий жараённинг амалга оширилиш сифати ва самарадорлигига, синфдан ташқари ишларга ҳамда ўқувчиларни инсонпарварлик ва меҳр-оқибат руҳида тарбиялашга, тегишли синфлар ва ўқув фанлари учун тасдиқланган умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартларида назарда тутилган билимлар ва кўникмалар тўлиқ ҳажмининг ўқувчилар томонидан ўзлаштириб олиниши даражасига ва ўқув жараёнига қўшилган аниқ ҳисса, ўқитишнинг юқори самарадорлиги ва сифати учун 40 фоизгача миқдорда белгиланади.

Педагог ходимларнинг фаолиятини баҳолаш мезонлари асосида тўплаган умумий баллари бўйича уларга қуйидаги миқдорларда устама ҳақ белгиланади:
65 — 70 балл тўпласа — 10 фоиз;
71 — 75-балл тўпласа — 15 фоиз;
76 — 80 балл тўпласа — 20 фоиз;
81 — 85 балл тўпласа — 25 фоиз;
86 — 90 балл тўпласа — 30 фоиз;
91 — 95 балл тўпласа — 35 фоиз;
96 — 100 балл тўпласа — 40 фоиз.

Умумтаълим муассасалари педагог ходимларининг базавий тариф ставкаларига Жамғарма ҳисобидан ҳар ойлик устамалар янги ўқув йили учун ўтган ўқув йили якунлари бўйича белгиланади.

Кутубхона ходимларининг фаолиятини баҳолаш мезонлари асосида тўпланган умумий баллари бўйича уларга қуйидаги миқдорларда устама ҳақ белгиланади:
65 — 75 балл тўпласа — 10 фоиз;
76 — 85-балл тўпласа — 15 фоиз;
86 — 100 балл тўпласа — 20 фоиз;

Умумтаълим муассасалари кутубхона ходимларининг базавий тариф ставкаларига Жамғарма ҳисобидан ҳар ойлик устамалар янги ўқув йили учун ўтган ўқув йили якунлари бўйича белгиланади.

Психолог ходимларининг фаолиятини баҳолаш мезонлари асосида тўпланган умумий баллари бўйича уларга қуйидаги миқдорларда устама ҳақ белгиланади:
65 — 75 балл тўпласа — 10 фоиз;
76 — 85-балл тўпласа — 15 фоиз;
86 — 100 балл тўпласа — 20 фоиз;

Умумтаълим муассасалари психолог ходимларининг базавий тариф ставкаларига Жамғарма ҳисобидан ҳар ойлик устамалар янги ўқув йили учун ўтган ўқув йили якунлари бўйича белгиланади.

Асос: Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 30 сентябрдаги 823-сон қарорига асосан тасдиқланган "Умумий ўрта таълим муассасаларининг ўрнак кўрсатган ходимларини рағбатлантиришнинг директор жамғармасини ташкил этиш ва унинг маблағларидан фойдаланиш тартиби тўғрисида"ги Низом

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot
20.2K views06:02
Ochish/sharhlash
2024-06-04 07:01:02
Осталась 1 неделя до Кадровой Конференции

Не пропустите ключевое кадровое мероприятие этого года! Осталось несколько билетов!

Если вы думаете: "Я и так уже все знаю", увы, более 12 000 организаций нарушают трудовое законодательство!

Живой формат Конференции!
Вещать с умным лицом обещаем по минимуму. Основная часть — это ответы на вопросы и живая беседа с залом. Хотите не только послушать авторитетных экспертов, но и узнать его мнение о том, что вас интересует? Вам точно сюда.

На конференции экспертный разбор следующих тем:
Трудовой отпуск в 2024 году: Все нюансы оформления, представления, отзыва, разделения и переноса;
Расчет средней зарплаты: По правилам статьи 257 ТК;
Материальная ответственность работодателя: За задержку выплаты заработной платы и других выплат;
Отпуск с последующим увольнением: Вопросы оформления;
Подзаконные акты для реализации Трудового кодекса: Принятые и ожидаемые акты. Что делать при противоречиях;
Вопросы охраны труда: Что должен знать и обеспечить кадровик;
Подготовка к проверке ГТИ: Как пройти без лишних вопросов;
Новое в приеме на работу: Этапы и особенности приема.

Ради такого, рекомендуем отложить все дела, отпуска и задачи!

Получите скорости по решению кадровых задач. Не тяните, приобретайте билет прямо сейчас.

Зарегистрироваться по льготной цене

Спикеры:
М.Ю.Гасанов
П.Х.Рахматуллаевич
Г.К.Саримсакова
2 Секретных спикеров

Успеть занять место на Конференции
14.5K views04:01
Ochish/sharhlash
2024-06-03 18:54:26
Qamalda qolgan G‘azo ahliga oziq-ovqat ta'minoti yuborishning ajoyib yo‘lini topibdilar.

@Huquqshunos_yordami
14.4K views15:54
Ochish/sharhlash
2024-06-03 08:59:45
Пенсияга чиқишда иш стажи билан боғлиқ муаммолар бўлмаслиги учун нима қилиш керак?

Бугунги кунда баъзи ҳолатларда пенсия ёшига етган фуқаролар пенсия тайинланиши учун мурожаат қилганларида иш стажи кам чиқиш ҳолатлари учраб турибди.

Бу нима билан боғлиқ?

Маълумки, айни вақтда Пенсия жамғармаси пенсия тайинлашни
сўраб мурожаат қилган фуқароларнинг барча маълумотларини электрон равишда тегишли вазирлик ва идораларнинг ахборот тизимларидан электрон шаклда олмоқда.

Шахснинг иш стажи ва иш ҳақи тўғрисидаги маълумотлар тўлиқ
рақамлаштирилган бўлса
, “иш стажи йўқолиб қолиш” ҳолати юз бермайди.

Аксинча, фуқаро ишлаган ташкилот, корхона ва муассасалар қонунчиликка мувофиқ ходимнинг пенсия тайинлаш учун зарур бўлган маълумотларини (меҳнат стажи, иш ҳақи ва бошқалар) “Ягона миллий меҳнат тизими” идоралараро дастурий-аппарат комплексига киритмаган тақдирда пенсия тайинлаш вақти келганда “иш стажи ва иш ҳақи тўғрисидаги маълумотлар” чиқмаслиги мумкин.

Бундай ҳолатга тушмаслик учун расмий меҳнат фаолияти юритаётган барча фуқароларимиздан иш стажи ва иш ҳақи тўғрисидаги маълумотларга эътиборли бўлган ҳолда, иш берувчиларидан барча маълумотларини “Ягона миллий меҳнат тизими” идоралараро дастурий-аппарат комплексига киритиб рақамлаштириб қўйишларини маслаҳат берамиз.

Шунингдек, ишламаётган фуқаролар меҳнат дафтарчаларидаги маълумотлар рақамлаштирилмаган бўлса, яшаш ҳудудларидаги камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлимларига мурожаат қилган ҳолда, меҳнат фаолияти тўғрисидаги маълумотларни рақамлаштириб олишлари мумкин.

Айтганча, мазкур хизмат мутлақо бепул амалга оширилади.

РУС

12-71     pfru.uz

@Huquqshunos_yordami

Савол юбориш учун

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot
18.9K views05:59
Ochish/sharhlash
2024-06-03 07:01:02 Кадрлар билан ишловчи ходимлар реестри (рейтинг)

Ўзбекистонда кадрлар билан ишловчи ходимлар рейтингидан жой эгаллаш имкониятини қўлдан бой берманг!

Буни бепул ва осон амалга ошириш мумкин:

Кадрлар билан ишловчи ходимлар Олимпиадасида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтинг (рўйхатдан ўтиш бор-йўғи 1 дақиқа вақт олади)
Тест вазифасини бажаринг
Рейтингдан жой эгалланг ва 10 млн сўмни ютиб олиш имкониятини қўлга киритинг!

Нима учун рейтингдан жой эгаллашим керак дейсизми? У сизга қуйидаги имкониятларни тақдим этади:

Энг яхши мутахассислар рўйхатидан жой эгаллаш шарафига эга бўлиш;
Иш берувчи учун сизни ишга олиш ёки лавозимингизни кўтариш учун сабаб;
Иш ҳақини ошириш ёки мукофот пул беришларини сўраш мумкин;
Билимларингизни текшириш;
Шахсий мақсадлар учун қимматбаҳо совғалар ютиб олиш.

Олимпиада иштирокчиларининг фикрлари:

Агар ютсам, раҳбарим менга мукофот пули беришни ваъда қилди - Гулихон

Топшириқлар қизиқарли, ўз устимда ишлашга ундайди, муҳими, агар рейтингдан жой эгалласам, Дубайга бораман - Мадина

Кадрлар билан ишлайдиган биз каби ходимларни қадрлаганингиз ва мана шундай танловни ташкил қилганингиз учун раҳмат. Унда иштирок этиш жуда ёқимли - Гулноза

Кадрлар билан ишлайдиган ходимлар рейтингидаги чиптангиз
Бепул имкониятни қўлдан чиқариб, афсусланмаслик учун ундан фойдаланинг!
16.9K views04:01
Ochish/sharhlash