Get Mystery Box with random crypto!

XOTIN-QIZLARGA TADBIRKORLIK QILISH UCHUN 40 MLN 500 MING SO`MG | Huquqshunos yordami

XOTIN-QIZLARGA TADBIRKORLIK QILISH UCHUN 40 MLN 500 MING SO`MGACHA KREDIT AJRATILADI !!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan:

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasidan xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun 3 yilgacha, shundan 6 oygacha imtiyozli davr bilan BHMning 150 baravarigacha kredit ajratiladi.

Kreditlar tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari tavsiyasiga ko‘ra, quyidagi kurslarni:

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi dasturlari asosidagi o‘quv kurslarini;

“Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat taʼlim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlarini tugatgan xotin-qizlarga ajratiladi.

huquqiyaxborot

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii