Get Mystery Box with random crypto!

KOLLEJ TALABASI KONTRAKTINI TO`LASH UCHUN O`TKAZGAN OYLIK ISH | Huquqshunos yordami

KOLLEJ TALABASI KONTRAKTINI TO`LASH UCHUN O`TKAZGAN OYLIK ISH HAQIMDAN DAROMAD SOLIG`I USHLAB QOLINADIMI?

Savol:
Assalomu alaykum, qizim bu yil 2-Respublika tibbiyot kollejiga shartnoma asosida o`qishga qabul qilindi. Bir yillik to`lov miqdori 5.096.400 so`mni tashkil etarkan. Men budjet tashkilotida ishlayman. Men qizimni kontraktini to`lash uchun oyligimdan o`tkazsam, oyligimdan daromad solig`i ushlab qolinadimi?

Javob: Soliq kodeksining 378-moddasi 1-qism 16-bandiga muvofiq ya'ni O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov daromad solig‘idan ozod etiladi.

2-Respublika tibbiyot kolleji professional ta'lim tashkiloti bo`lgani uchun Sizning farzandizni to`lov kontrakti uchun o`tkazgan oylik ish haqizdan daromad solig`i ushlab qolinmaydi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii