Get Mystery Box with random crypto!

O`RINDOShLIK ASOSIDA IShLAYDIGAN ISh JOYIMDAN YILLIK MEHNAT TA | Huquqshunos yordami

O`RINDOShLIK ASOSIDA IShLAYDIGAN ISh JOYIMDAN YILLIK MEHNAT TA'TIL PULI BERILADIMI?

Savol: Assalomu alaykum. Men sizdan huquqiy yordam olmoqchi edim asosiy ish joyida olpuska pulini tulanadi,agar asosiy ish joyidan boshqa òrindoshlik joyidan xam olpuska puli olsam buladimi. Javob uchun oldindan kattakon raxmat.

Javob: Ha sizni o`rindoshlik asosida ishlayotgan ish joyizdan ham yillik haq to`lanadigan mehnat ta'tili beriladi.
O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida NIZOMning 16-bandiga asosan,
O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.
Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.
Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii