Get Mystery Box with random crypto!

BAYRAM VA DAM OLISh KUNLARI ISHLAGANIM UCHUN QO`SHIMCHA HAQ TO | Huquqshunos yordami

BAYRAM VA DAM OLISh KUNLARI ISHLAGANIM UCHUN QO`SHIMCHA HAQ TO`LANADIMI?

Savol:
Assalomu alaykum Men Jizza viloyati Uchtepa tumani tuma tibbiyot birlashmasida ishlayman
Bizga bayram kunlari , yakshanba kunlari navbatchi bo'lib ishlaganimiz uchun ish haqimizga qo'shilmas ekan
Agar bosh vrach o'zi buyruq bilan chaqirib olsa qo'shiladi deyishdi

Shu tog'rimi Bu muammo bo'yicha qayerga murojaat qilsak bo'ladi

Javob: sizga bayram va dam olish kunlari ishlaganiz uchun qo`shimcha haq to`lanadi. Asos Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan Ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun haq to‘lash:

Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi. To‘lanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Bayram yoki dam olish kunidagi ish xodimning xohishiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin. Xodimning iltimosiga binoan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berilishi ham mumkin. Bayram yoki dam olish kunidagi ish yoxud ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun boshqa dam olish kuni berilgan taqdirda, bunday ishlar uchun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi to‘lanadi.

Sizga agar dam olish va bayram kunlari uchun qo`shimcha haq to`lanmasa, tuman Adliya bo`limiga ariza berishiz kerak, ular sizga amaliy yordam beradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii