Get Mystery Box with random crypto!

Huquqiy ko'mak

Telegram kanalining logotibi huquqiyymaslahatt — Huquqiy ko'mak H
Telegram kanalining logotibi huquqiyymaslahatt — Huquqiy ko'mak
Kanal manzili: @huquqiyymaslahatt
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 587
Kanalning ta’rifi

Bizning xizmatlarimiz!
🧔Advokatlik xizmati:
📝Ariza va shikoyatlar yozish:
📚Yuridik yordam:
📜Huquqiy maslahat:
Biz har bir mijozimizni qadrlaymiz✊✊
Biz bilan bog'lanish
@Abdulazizyurist

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-17 11:52:03 #Биласизми

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish:

BHMning 50 baravari (15 mln. so‘m) miqdorida jarima solishga сабаб бўлади.

Kanalimizga a'zo bo'ling
@Huquqiyymaslahatt
952 views08:52
Ochish/sharhlash
2023-02-17 04:46:48 Hissador yuridik shaxs ustav fondidagi ulushini sotsa QQS to‘laydimi?

SKning 239-moddasida tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi bo‘yicha o‘tkazish tovarlarni realizasiya qilish bo‘yicha aylanma hisoblanadi deyilgan. Ustav fondidagi ulush tovarmi? SKning 45-moddasida Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb e’tirof etiladi deyilgan. Ustav fonddagi ulush ham mulkiy huquqlar qatoriga kiradi.  Demak, yuridik shaxs ulushini sotishi soliq solinadigan oborot hisoblanadi. Lekin, SKning 244-moddasiga muvofiq yuridik shaxslarning ustav fondidagi ulushini sotishi soliq solishdan ozod qilingan.

Kanalimizga a'zo bo'ling
@Huquqiyymaslahatt
792 views01:46
Ochish/sharhlash
2023-02-12 10:06:08 KIMLAR BIRINCHI NAVBATDA BOGʻCHAGA QABUL QILINISHI KERAK

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bog‘chaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega bo‘ladi.

Ular

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

ko‘p bolali oilalarning bolalari;

yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlari;

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

talabalar va pedagoglarning bolalari;

akalari yoki opalari ushbu bog‘chaning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bolalar;

ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bog‘chalardan umumiy turdagi bog‘chalarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Kanalga ulanish: https://t.me/Huquqiyymaslahatt
1.0K views07:06
Ochish/sharhlash
2023-02-09 10:47:52 #Ҳуқуқий_саводхонлик

O‘quvchini qandaydir aybi sababli darsdan chiqarib yuborish mumkin emas

Maktabga kelgan o‘quvchini dars vaqtida qarovsiz qoldirib, ularni kechikkani, o‘quv qurollari yoki maktab formasining yo‘qligi uchun darsdan haydab chiqarib yuborish mumkin emas.

Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi ularni darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.

Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi mumkin emas.

Ho‘sh unda maktab ichiki tartib qoidalariga bo‘ysunmagan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

"Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari"ga ko‘ra, taritibbuzar o‘quvchilar ota-onasiga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash ham mumkin. (o‘ta og‘ir holatlarda)

Shuningdek, qoida buzilish holatlari kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish, farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalarning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish ham mumkin.

Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarga amal qilmay o‘quvchilarni shaxsiyatiga tegish yoki darsdan chiqarib yuborish pedagog xodimlarning zarariga ishlashi mumkin. Shu sababli, bunday masalalarni bosiqlik yo‘li bilan hal etish maqsadga muvofiq.

Kanalimizga a'zo bo'ling
@Huquqiyymaslahatt
1.2K views07:47
Ochish/sharhlash
2023-02-07 20:43:26 Aliment to‘lovchilarning chet elga chiqishiga oid taqiqni olib tashlash tartibi qanday?

JAVOB:

Davlat ijrochisi qarori asosida aliment to‘lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi мумкин.

Alimentlar oldindan to‘langan yoki bu bo‘yicha garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanadi.

Alimentlarni oldindan to‘lash 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi керак.

Bolalar voyaga yetgunigacha bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

Alimentni to‘lashni garov bilan ta’minlash uchun ariza sudga taqdim qilinadi.

Garov qiymati BHMning 250 baravaridan (75 mln so‘m) kam bo‘lmasligi lozim.

Har qanday mol-mulk (avtomobil, do‘kon, uy-joy, kvartira) garov bo‘lishi mumkin.
964 views17:43
Ochish/sharhlash
2023-02-07 20:38:35 Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash vaqtincha to‘xtatildi

     “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi

     Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

     Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha to‘xtatiladi.

     Tashqi savdo operasiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga 2023 yil 1 aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.

     Shuningdek, tadbirkorlar 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

     Tadbirkorlar tomonidan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari bo‘yicha 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar, shu jumladan dastlabki to‘lov to‘lanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023 yil 1 aprelgacha to‘xtatib turiladi.

     2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qo‘llanilmaydi.

     Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023 yil 1 aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi to‘xtatiladi.

     Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni ta’mirlash uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.

    Kanalimizga a'zo bo'ling
@Huquqiyymaslahatt
828 views17:38
Ochish/sharhlash
2023-02-06 17:43:38 Бюджет тақсимловчисига айланинг

Ташаббусли бюджетлаштиришнинг навбатдаги мавсуми очиқ деб эълон қилинди.

Янги мавсумда вилоятлар бюджети қўшимча даромадларининг 30 фоизи ҳам Ташаббусли бюджет орқали тақсимланади. Бу оз эмас, кўп эмас, 8 триллион сўм дегани.

Эрталабдан буён 2300дан ортиқ ташаббуслар рўйхатдан ўтди. Четда турманг. Бу пуллар сизники, маҳаллангизники, туманингизники.
287 views14:43
Ochish/sharhlash
2023-02-06 05:32:36 Diniy mazmundagi materiallarga nimalar kiradi?

JAVOB:

Diniy mazmundagi materiallar — diniy ta’limotning aqidaviy asoslarini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini va sharhlarni, turli diniy ta’limotlarning marosimlar o‘tkazish amaliyotini, shuningdek, alohida shaxslarning, tarixiy faktlar va hodisalarning diniy nuqtai nazardan bahosini aks ettiruvchi kitoblar, risolalar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, predmetlar, ramzlar, audiovizual asarlar (tele, kino va videofilmlar, kliplar, konsert dasturlarining yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilar (disketlar, CD, DVD disklari, o‘rnatilgan va yechib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshqalar).

Eslatama! O‘zbekiston Respublikasi hududida materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.

Asos: "Диний мазмундаги материалларни тайёрлаш, олиб кириш ва тарқатиш ҳамда диншунослик экспертизасини ўтказиш тартиби тўғрисида"gi Nizom

Kanalimizga a'zo bo'ling
@Huquqiyymaslahatt
803 views02:32
Ochish/sharhlash
2023-02-05 16:46:29 MEROS MULKI QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?

Bizga kelgan murojaatlardan biri
Assalom alaykum yuristlar jamoasi. Vafot etgan shaxs nomidagi avtomashinani qanday qilib merosxo‘r nomiga rasmiylashtirish mumkin? Buning uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

JAVOB:
Fuqarolik kodeksining 1116-moddasiga кўра meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi oqibatida ochiladi.

Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma meros ochilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin берилади.

Fuqarolik kodeksining 1135-moddasidaga muvofiq, konun buyicha birinchi navbatdagi merosxo‘rlar meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik xuquqiga ega bo‘ladilar.

Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tutilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rlarning yozma arizalariga ko‘ra merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar beradi.

Meros qoldiruvchi bilan merosxo‘rlarning qarindoshlik munosabatlari tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, tug‘ilganligi va nikoh tuzilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar, qarindoshlik yoki boshqa munosabatlarning haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Notarius jismoniy va yuridnk shaxslardan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa xujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Agar meros mulki tarkibiga avtomototransport vositalari kirsa, notarius meros qoldiruvchiga ushbu mol-mulk mulk huquqi asosida tegishliligini tasdiqlovchi hujjatni, shuningdek, avtotransport vositasi taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligini tekshiradi.

Agar meros mol-mulkka nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berish тўхтатиб турилади.

Kanalimizga a'zo bo'ling
@Huquqiyymaslahatt
1.1K views13:46
Ochish/sharhlash
2023-02-02 12:01:49 KIMLAR OTA-ONALIK HUQUQIDAN MAHRUM QILINISHI MUMKIN

Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

1) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

2) uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;

3) ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;

4) muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;

5) o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa,

Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Kanalimizga a'zo bo'ling
@Huquqiyymaslahatt
783 views09:01
Ochish/sharhlash