Get Mystery Box with random crypto!

Pedagoglar

Telegram kanalining logotibi pedagogcity — Pedagoglar P
Telegram kanalining logotibi pedagogcity — Pedagoglar
Kanal manzili: @pedagogcity
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-06-07 11:12:07
Qahramonlar!

@pedagogcity
92 views08:12
Ochish/sharhlash
2023-06-05 08:35:20 Soatbay ishlovchi pedagoglarga oylik qanday hisoblanadi?

O‘rindoshlik asosida boshqa maktabdan kelib ishlovchi pedagoglar, yoki maktabning rahbar xodimlariga o‘tilgan dars uchun soatbay usulida ish haqi to‘lanadi.

2023 yil 1-may holatiga (soatbaylar uchun) bir soat dars uchun belgilangan oylik quyidagicha:

Oliy toifa — 45 586 so‘m;
1-toifa — 41 252 so‘m;
2-toifa — 36 980 so‘m;
Mutaxassis — 33 067 so‘m;
O‘rta maxsus — 30 910 so‘m.

Oylikni hisoblashda quyidagilarga e’tibor beriladi. Pedagog bir oy davomida necha soat dars o‘tganligi O‘IBDO‘ tomonidan hisoblab chiqiladi va ish vaqtini hisoblash tabeliga yoziladi. XTB(eski) dagi buxgalter shu yozilgan soat bo‘yicha ish haqi hisoblaydi. Misol uchun 11 yanvardan o‘qish boshlandi va yanvar oyini oxirgi kuniga qadar aytaylik 28 soat dars o‘tildi. Bunda pedagogning toifasiga qarab oylik to‘lanadi. Agar oliy toifali o‘qituvchi 28 soat dars o‘tgan bo‘lsa, uni quyidagicha hisoblaymiz. 28*45 586=1 276 408

Chiqqan summadan 13% daromad solig‘i va kasaba uyushmasi uchun ushlab qolinadi va qolgani plastik kartaga tushadi.

Bundan tashqari, daftar tekshirish summalari va qo‘shimcha belgilangan ustamalari bo‘lsa ular ham qo‘shiladi.

Eslatma: soatbay ishlovchi pedagoglarga faqat o‘tilgan dars uchun ish haqi to‘lanadi. Ta’til davri uchun, bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari uchun oylik yozilmaydi

@pedagogcity
20 views05:35
Ochish/sharhlash
2023-06-02 11:07:34
Aytgancha bizda 30-apreldan oyliklarni to'lashda kechiktirilgan har bir kun uchun kompensatsiya to'lanadi degan super pro max degan qaror chiqqandi. Ishqilib "nomiga" chiqmagan bo'lsin @pedagogcity
33 views08:07
Ochish/sharhlash
2023-06-02 10:57:02 Aytgancha bizda 30-apreldan oyliklarni to'lashda kechiktirilgan har bir kun uchun kompensatsiya to'lanadi degan super pro max degan qaror chiqqandi. Ishqilib "nomiga" chiqmagan bo'lsin

@pedagogcity
29 views07:57
Ochish/sharhlash
2023-06-02 10:51:44 Moliyadagi брат'larning aytishicha oylik taxminan 5-7 kun kechikadi va ta'til puli ham qo'shib tashlanadi

Kim sabrli, pedagoglar sabrli

@pedagogcity
27 views07:51
Ochish/sharhlash
2023-06-01 19:08:23 Barchani rasman mehnat ta'tiliga chiqqani va bugungi bayram bilan tabriklayman. Lekin 9-iyul atrofida "maktabga keling" deyishsa xafa bo'lmang...

Eslataymi? Oylik hali tushmadi

@pedagogcity
32 views16:08
Ochish/sharhlash
2023-05-09 18:31:27
Joriy yilning 10-20 may kunlari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayonida 9-sinf o‘quvchilari orasida Ona tili va adabiyot, matematika hamda kimyo fanlaridan nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi. Ushbu ijtimoiy so‘rovnomalarda qatnashadigan maktablar ro‘yxati - Surxondaryo

@pedagogcity
21 views15:31
Ochish/sharhlash
2023-05-04 22:24:44 "Копейка...

Nega Yangi O‘zbekistonda pedagoglarni yomon ko‘rishadi?

Avvalroq, «Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari fraksiyasida muhokama qilinib, maqullangani haqida yozgandik.

Ne ko‘z bilan ko‘raylikki, QUYIDAGI IMTIYOZLAR qonun loyihasidan CHIQARIB TASHLANGAN:

pedagoglarga 5 yil ertaroq pensiyaga chiqish huquqini berish;

ularning uy-joy va avtomobil sotib olishga sarflagan daromadlarini soliqdan ozod qilish;

yilda bir marta sog‘ligini tiklashi uchun bazaviy maoshiga teng miqdorda moddiy yordam berish;

pedagog xodimga 56 ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til berish;

oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, ammo ta’lim tashkilotlarida kamida 5 yil ish stajiga ega pedagog xodimlarni OTMlarga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli asosda o‘qishga qabul qilish;

pedagog xodimning bazaviy lavozim maoshining eng kam miqdorini belgilash va ko‘p yillik xizmati uchun ustama to‘lash tizimini joriy etish

HOZIRDA QONUN LOYIHASIGA KIRITILGAN IMTIYOZLAR QUYIDAGILAR EKAN:

O‘qituvchi sha’ni, qadr-qimmatini himoya qilish masalasida va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida, davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

Pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi. Lekin bu qoida Prezidentning 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarorining 16-bandida bor. Bu qoida ixtiro qilinganiga 5 yil bo‘ldi.

Ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktiriladi.

Davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi. Biroq tibbiy ko‘rik bepulligi 2016 yil qabul qilingan "Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 24-moddasida o‘z aksini topgan. Bu qoida ixtiro qilinganiga 7 yil bo‘ldi.

Pedagog xodim kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlanadi.

Demak, deputatlarimiz pegoglarga faqatgina davlat bojidan ozod qilish (u ham hamma holatda emas), yangi kadrga murabbiy biriktirish, yuqumli kasallikka qarshi bepul emlanishni ravo ko‘rishibdi" deb yozmoqda Shamsiddinov

Dar haqiqat, Копейка

@pedagogcity
18 views19:24
Ochish/sharhlash
2023-04-23 17:19:03 Qo'shni Qozog'iston yoz faslidan boshlab 4 kunlik ish haftasiga o'tayotgan ekan va allaqachon mehnat kodeksiga o'zgartirishlar kiritilgan

Qo'shnilarga havasdamiz

@saroybloggeri
3 views14:19
Ochish/sharhlash
2023-04-22 18:15:34 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib ishlayotgan pedagog xodimlarga ish stajidan kelib chiqib quyidagicha ustamalar belgilanadi

6 oydan — 3 yilgacha bo‘lsa—10%

3 yildan — 5 yilgacha bo‘lsa —20%

5 yildan — 10 yilgacha bo‘lsa —30%

10 yildan — 15 yilgacha bo‘lsa —40%

15 yildan ortiq bo‘lsa —50%


Maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatini ushbu link orqali bilib olishingiz mumkin

@pedagogcity
31 views15:15
Ochish/sharhlash