Get Mystery Box with random crypto!

Yangi orxideya turi kashf etildi Tanzaniyaning shimoliy-sharq | hujayra.uz

Yangi orxideya turi kashf etildi

Tanzaniyaning shimoliy-sharqiy qismidagi janubiy Pare va g'arbiy Usambara tog'liklaridan orxideyaning yangi turi kashf etildi. U bo'yi kichik, oq gulli epifit o'simlik bo'lib, dengiz sathidan 1500 metr balandlikda o'sadi.

Yangi orxideyaga u kashf qilingan hudud sharafiga Rhipidoglossum pareense deb nom berildi. Doimiy tumanli va namligi yuqori bo'lgan Pare tog'liklaridagi daraxtlar o'rtacha 10 metr balandlikda o'sadi. Ular mox, qirqquloq va orxideyalar bilan qoplangan. Ushbu hududdagi yillik yog'in miqdori 1000 mm dan oshadi, doimiy nam tuman hisobiga esa umumiy namlik 94% ni tashkil qiladi. Tadqiqotchilar yangi orxideya o'ziga xos iqlim sharoitida o'sishi bilan ajralib turishini ta'kidlashmoqda.

@hujayrauz