Get Mystery Box with random crypto!

Yana darsliklar haqida Barchangizga ma'lum bu yil 6-, 7- va 1 | hujayra.uz

Yana darsliklar haqida

Barchangizga ma'lum bu yil 6-, 7- va 10-sinf darsliklarining yangi nashri chop etiladi. Allaqachon juda ko'pchilik darsliklarning avvalgi darsliklardan butkul boshqacha bo'lishi haqida eshitib bo'ldi. Mendan darsliklar haqida deyarli har kuni so'rashmoqda. Shu bois yangi darslarning kontenti, ularda nimalar o'zgargani haqida bir suhbatlashsak yaxshi bo'lar edi degan fikrga kelyapman.

Bugun 18-avgust payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da "Biologiyaning yangi nashrdan chiqayotgan 7- va 10-sinf darsliklari haqida" mavzusida kanalimizda audiochat bo'lib o'tadi. Unda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilaman:

- Ushbu darsliklar 2022-2023-o'quv yilidan boshlab qo'llaniladimi?
- Yangi darsliklar qaysi metodika asosida yozilgan?
- Darslikda nimalar o'zgardi?
- Hozirgi darsliklarning avvalgi darsliklardan nima farqi bor?
- Nega darsliklar aynan hozir o'zgarmoqda?
- Darsliklarni bunaqa keskin o'zgartirishdan maqsad nima?
- Respublika ta'lim markazi (RTM) darsliklar yozilishiga qanday yondashmoqda?
- Navbatdagi testlar yangi darsliklardan tushadimi?

Shu bilan birga audiochat ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga ham javob berishga harakat qilaman. Ushbu e'lonni boshqa biologiyaga oid guruhlarga tarqatishingizni so'rab qolaman.

@hujayrauz