Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: Assalamu alaykum. 21 yoshdaman, oilaliman. Turmush qur | Hubbuna

#Savol: Assalamu alaykum. 21 yoshdaman, oilaliman. Turmush qurganmga uch oy bóldi, 18 yoshimda br yigit bilan gaplashgan edim, lekin ortqcha gap-so'zlar bo'lmagan, hatto qo'l berib so'rashmaganmiz. Taqdir ekan, ikki yil o'tib shu yigitning o'rtoği bilan oila qurdim va unga hammmasini aytdim. Boricha qabul qilaman, yuzingga solmayman dedi. Kecha to'yimiz kuni tushilgan rasmni kórib sen shuni haliyam yaxshi ko'rasan deb urib-urishib uyimga olib kelib qo'ydi. Qanday yól tutay, ikki yarim oylik homilam bor?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Oradan 1-2 kun o'tishi bilan gaplashib, aslida unday emasligini aytasiz va yarashishga harakat qiling. U ham hovuridan tushib, qabul qiladi deb o'ylayman. Boshida xabari bor ekan, endi bunday qilmasligi kerak edi. Oila qurmagan yoshlar bu holatdan ibrat olib, bu kabi ishlardan yiroq bo'lsin.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida