Get Mystery Box with random crypto!

Kelinning ota-onani koʻrgani borishi #Savol: Men oilaliman, o | Hubbuna

Kelinning ota-onani koʻrgani borishi

#Savol:
Men oilaliman, ota-onamni koʻrishga har ikki oyda boraman. Ularni juda sogʻinaman. Ota-onamning yuraklari hasta. Turmush oʻrtogʻimdan uyga borish uchun javob soʻrasam, „otamdan soʻra“ deydilar. Qaynotam boʻlsa har xil baxonalar bilan rozi boʻlmaydilar. Axir ota-onam gʻanimat. Shu boʻyicha Islom dinida qanday yechim bor? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob: Ota-onangizni haftada bir marta koʻrishingizdan eringiz toʻsmasin. Bunga sizning sharʼan haqqingiz bor. Qolaversa qaynotangiz oldida bu toʻgʻrida burchli emassiz.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida