Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: Assalamu alaykum. Mening savolim shundan iboratki, All | Hubbuna

#Savol: Assalamu alaykum. Mening savolim shundan iboratki, Alloh qodir qilganicha O‘zining kalomini öqiyman va namoz öqiyman, lekn hijob öramayman. Odob-axloq doirasidan chiqmagan holda kiyinib, römol örab yuraman.
Shu ishim qanchalik töĝri?

Javob: Va alaykum assalom. Alloh ziyoda qilsin! Dinimizga to‘liq amal qilishni nasib qilsin!
Muslima ayol nomahram erkaklardan avratini berkitishi dinimizda farz qilingan. Shuning uchun bu farzga ham amal qilishingiz lozim. Buni qilmaslik noto‘g‘ri, ya'ni gunoh bo‘ladi. Oxiratda hisobi bor.
Qay bir muslima farzlarni to‘liq ado qilib, erini rozi qilib o‘tsa, unga jannat va'da qilingan. Alloh muvaffaq qilsin! Tezda satrlanmog‘ingizni nasib qilsin!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida