Get Mystery Box with random crypto!

Juftingiz bilan biror kitobni birga yoki navbatma-navbat o'qib | Hubbuna

Juftingiz bilan biror kitobni birga yoki navbatma-navbat o'qib, muhokama qiling. Birga amal qilinglar.

Yaqinda Sema Marashlining "To'ydan keyin ham muhabbat bo'lsin" kitobini o'qib tugatgan edim. Kitob qahramonlari: Farhod va Shirin.

Muallif ularga jufti bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatgan. Men Shiringa berilgan tavsiyalarga amal qilishini istasam, oilam Farhodga berilgan ko'rsatmalarga amal qilishimni istaydi. Shuning uchun bugun kitobning Farhodga berilgan tavsiyalar qismiga kelganda uydan "quvonchli" xabar keldi. Men Farhod bozoriga kelibdimi debman.

Izoh1: Kitobning PDF shakli menda yo'q, do'konlarda sotuvda bor.

Izoh2: Ha, "Farhod" yoziladi.

#Muhabbat #Kitob

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida