Get Mystery Box with random crypto!

Colgate haqida 10 ta qiziqarli fakt 1. Yer yuzi bo'yicha 1 mi | HAR SOHADAN BIR SHINGIL

Colgate haqida 10 ta qiziqarli fakt

1. Yer yuzi bo'yicha 1 milliarddan ortiq odamlar Colgate tish pastasidan foydalanishadi. Isroilda har yili 13 milliondan ortiq Colgate tish pastalari sotiladi.

2. Dunyo bo'yicha har kuni 1,6 milliard donadan ortiq Colgate tish cho'tkalari sotiladi. Agarda, barcha Colgate tish cho'tkalarini uzunasiga taxlasak, ular bilan yer sharini 16 marotaba aylanib chiqish mumkin!

3. Dunyoning 50 ta mamlakatida, Colgate 80 million bolalar ishtirok etadigan, og'iz bo'shlig'i salomatligi haqidagi "Yorqin tabassum - yorug' kelajak" dasturini o'tkazib kelmoqda. Isroilda ushbu dastur 7 yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

4. Colgate Total - og'iz bo'shlig'ini tozalagandan keyin, 12 soat davomida, hatto, ovqatdan keyin ham, himoya qiluvchi dunyodagi yagona tish pastasi hisoblanadi.

5. 1968-yilda Colgate kariesning oldini olish uchun natriy ftorid ishlatgan birinchi kompaniya bo'ldi.

6. Birinchi Colgate tish pastasi 1873-yilda chiqarilgan. U aromatik "tish kremi" sifatida dastlab, shisha idishlarda sotilgan.

7. Colgate tish pastalarini tyubik (idish) larda ishlab chiqargan birinchi kompaniya bo'lgan. Bu g'oyani Uilyam Kolgeyt bitta rassomning ranglarni solib qo'yadigan idishidan ko'rib, o'ylab topgan.

8. Colgate kompaniyasining birinchi e'loni 1817-yilda "Nyu-York" gazetasida paydo bo'lgan.

9. 1933-yilda Colgate bugungi kunda kompaniyaga mos keladigan, firma dizayni hamda logotipini yaratdi.

10. "Sh. Shestovich" kompaniyasi 1976-yildan buyon Isroilda "Colgate-Palmolive" nomi bilan ma'lum.


@har_sohadan_2020