Get Mystery Box with random crypto!

Tambora vulqonining eng kuchli otilishi 1815-yilning 5-aprelid | HAR SOHADAN BIR SHINGIL

Tambora vulqonining eng kuchli otilishi 1815-yilning 5-aprelida boshlangan va insoniyat tarixidagi eng yirik vulqon otilishi bo‘lib, 70 000 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan. U Indoneziyaning Sumbava orolidagi barcha o'simliklarni yo'q qildi, sakkiz metrga etgan tsunamiga sabab bo'ldi, bu Malay arxipelagidagi ko'plab qirg'oq qishloqlarini vayron qildi. Minglab tonna kul va oltingugurtni stratosferaga tashlagan portlashning natijasi butun sayyorada global sovish, ya'ni "vulqon qishi" deb ataladi. 1816-yil Yevropa va Shimoliy Amerikada sovuq havo harorati tufayli "yozsiz yil" deb nomlandi. Haddan tashqari sovuq hosilning halokatli etishmasligiga olib keldi. 1817 yil bahorida g'alla narxi o'n baravar ko'tarildi, aholi orasida ocharchilik boshlandi. Napoleon urushlarining vayronagarchiliklaridan hanuz azob chekayotgan o'n minglab yevropaliklar Amerikaga hijrat qilishdi.

@har_sohadan_2020