Get Mystery Box with random crypto!

Do'stlarimizning boriga shukr. Yangi kitoblar nashr qilinganda | Ilyos Safarov

Do'stlarimizning boriga shukr. Yangi kitoblar nashr qilinganda, esdan chiqarishmaydi.

Bir necha kun avval Asaxiy.uz'dan "Kapitan Grant bolalari"ni bayram sovg'asi sifatida yuborishgandi, bugun esa @kompasacademy "tandirdan yangi uzilgan" kitoblar bilan yo'qladi.

Bayram dam olish kunlari kitoblar mutolaasi bilan mazmunli, yoqimli o'tadigan bo'ldi, Xudo xohlasa.

O'qishni anchadan beri kutganim "Buyuk shaxmat taxtasi"dan boshlamoqchiman.

4-sentabr kuni taqdimoti kutilayotgan asarni siz ham o'qib chiqsangiz va shu post ostida birgalikda muhokama qilsak, yaxshi bo'lardi.

Balki kanalda an'anaga aylantirarmiz bu ishni.

@haqiqatdaIlyos