Get Mystery Box with random crypto!

Amaldorlar mamlakatdagi islohotlar haqida qancha ko'p va chiro | Ilyos Safarov

Amaldorlar mamlakatdagi islohotlar haqida qancha ko'p va chiroyli gapirmasin, oddiy xalq uni o'z mahallasi, ko'cha va uyiga yetib kelmasa, qabul qilmaydi, ishonmaydi. Shaxsan men ham.

Shuning uchun islohotlar shamolini sezmagan odamlarga islohotlar haqida qancha gapirmang, befoyda.
Ularga islohotlar natijasini amalda ko'rsatish va keyin bu haqda minbarlardan turib gapirish kerak.

Ijtimoiy kayfiyat ham amaldagi ishlar bilan yo yaxshilanadi yo berilgan lekin bajarilmaydigan va'dalar bilan taraglashib boraveradi.

Kecha Shakar qishloq yo'liga byudjet mablag'larining adolatli taqsimlash loyihasi – "Open budget" doirasida asfalt yotqizildi. Ikkinchi o'rin, 1500 dan ortiq ovoz bilan.

Qishloq yo'li paydo bo'libdiki, hali asfalt ko'rmagandi. Odamlar ham qishda loy, yozda tuproqli yo'ldan charchashgandi.

Bugun shu odamlarda kayfiyat umuman o'zgargan. Ular endi birlashsa, kuchni bir joyda to'plasa, nimadir qilolishini biladi. Allaqachon yangi loyihalar haqida gapirishmoqda ham.

Bu yil ularga Mustaqillik bayramini nishonlash tatiydi.

Murojaatga befarq bo'lmay ovoz berishda qatnashgan har bir insonga va shu ishlarda tashkilotchilik ko'rsatgan Jomboy tuman hokimligi vakillariga, yo'l quruvchilarga minnatdorchilik bildiraman.

*Avvalroq kanal a'zolaridan "Open budget"da shu qishloq yo'liga ovoz berishni so'ragandim.

@haqiqatdaIlyos