Get Mystery Box with random crypto!

Habibim🌿🌸

Telegram kanalining logotibi habibim_m — Habibim🌿🌸 H
Telegram kanalining logotibi habibim_m — Habibim🌿🌸
Kanal manzili: @habibim_m
Toifalar: Din , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.83K
Kanalning ta’rifi

• ,,Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan‘‘
(Tavba surasi 40-oyat)
• ,,Menga duo qiling Men ijobat qilurman‘‘
(G'ofir surasi 60-oyat)

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-03-03 11:42:24
Farzandning onasiga beradigan savollari:⠀
1. Bugun nima ovqat?⠀
2. Soat nechi o‘zi?⠀
3. Ustozim telegramdan nima vazifa yuboribdilar?⠀
4. Qachon olib berasiz?⠀
5. Ko‘chaga chiqsam maylimi?⠀
6. Ko‘ylagim qayerda?⠀
7. Nega menga olib kelmadingiz?⠀
8. Yana esingizdan chiqdimi?⠀

Farzandning otasiga beradigan savoli:⠀
1. Oyim qayerdalar?

@dunya_di
7.4K views08:42
Ochish/sharhlash
2024-03-02 18:59:57 ​​ Mehr...

U ovqat suzayotganida qattiq charchaganini his qildi.  «Qornim ochdi, shekilli»,-deb o‘yladi.
Taomni suzib keldi. Qaynotasi «Tuzi past bo‘libdi», desa, qaynonasi «Yaxshi qaynamabdi», -dedi. Dili og‘ridi. Bir ko‘ngli «Dasturxonga qo‘yilgan ovqatni maqtab yeyish sunnat», deb aytay dedi-yu, tiliga chiqarmadi
-Uzr, oyijon, uzr adajon,-dedi.

Indamay,  bolalarini ovqatlantirdi. Idish-tovoqlarni yuvdi. O‘g‘illari yoyib tashlagan o‘yinchoqlarini yig‘ishtirdi. Qoni kamayganmi, holsizlandi. Ertaga 6 soat darsi bor. Bir talay daftar tekshirishi kerak hali. Bolalarini ertak aytib uxlatdi.

Daftarlarni tekshirayotib, ko‘zi yumilib-yumilib keta boshladi...
Kimdir yelkasiga yengil ko‘rpa tashlaganini his qildi. Ko‘zini ochdi. Eri kelibdi.
-Assalomu alaykum, qachon keldingiz? Ovqat tayyorlaymi- so‘radi u
-Charchabsan-a? O‘zim suzib yeyman. Sen biroz dam ol.
-Yo‘g‘-ye, o‘zim, - oshxonaga yurdi u.

-Qo‘ling shirin, ovaqtlaring biram mazaliki. Hech qaysi restoranda bu mazani topolmayman.

Ayolning ko‘ngli yorishdi. Ishtaha bilan ovqatlanayotgan turmush o‘rtog‘iga tikilib, charchoqlari ham tarqab ketganini his qildi.

Kun bo‘yi tinmagan, horigan vujudiga bir chimdim mehr orqali bir dunyo quvvat kirib kelgandi...

Feruza Salxodjayeva.

@dunya_di
6.8K views15:59
Ochish/sharhlash
2024-03-02 05:40:58
Bahor qaytdi...! Olamni yorug'likka, quvonchga, yangi-yangi orzularga to'ldirib qaytdi...! Go'yoki hech qachon qaytmaydigandek tuyilgan edi qishning sovuq kunlarida... Hayotimizda ham shunday... ba'zan shu darajada tushkunlikka tushamizki, go'yoki qalbimiz bahori hech ham qaytmaydigandek noumid bo'lamiz... Lekin qaytadi ishoning, qalbingiz bahori ham albat qaytadi, oldingidanda go'zalroq bo'lib qaytadi...! Allohga nisbatan go'zal gumon qiluvchilardan bo'ling...!
Aziz kanalimiz obunchilari, Bahor muborak...!


@dunya_di
6.6K views02:40
Ochish/sharhlash
2024-03-02 05:40:58
Ikki yil oldin yaqin do‘stim vafot etdi. Bugun uning telefon raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Hech kutmagandim!..
— Labbay, dedim. Kichik o‘g‘li ekan. O‘ziga velosiped olib berishimni so‘radi.
— Xo‘p bo‘ladi, bugun albatta olib boraman, dedim va ortidan so‘radim:
— Meni kimligimni bilasanmi?
Bolakay shunday javob berdi:
— Yo‘q, sizni tanimayman. Uydan dadamning rasmlarini tomosha qilib o‘tirgan edim, ular orasidan dadam bilan bir kishining rasmi chiqib qoldi. Rasm orqasida esa shu raqam va shunday yozuv bor ekan:
— «Bolajonlarim, agar vaqti kelib biror narsaga ehtiyojlaring bo‘lsayu meni topa olmasalaring shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib aytinglar. Bu ham menman, faqat boshqa yerda yashayman».

(Tarjima)

@dunya_di
9.2K views02:40
Ochish/sharhlash
2024-02-29 16:26:53
Sizni kuchliroq qiladigan 9 odatlar:

1 Tahajjud namozini o'qish (tunning 3-qismida o'qiladi / Xuftondan keyin Bomdodgacha bo'lgan vaqtni 3ga bo'lib hisoblaysiz)

2 Sovuq suvda dush olish (tetiklashtiradi, tana kassalliklaridan saqlaydi: issiqlik toshishi, tananing qurib qolishi)

3 Doimiy Qur'on o'qish (1 sahifa bo'lsa ham o'qing, Qur'on o'qish sizni Allohga yaqin qiladi)

4 Kundalik yuritish (Kuningiz qanday o'tgani haqida yozib boring, har kuni uyqudan oldin ertangi kuningiz uchun vazifalarizni yozib qo'ying)

5 Sog'lom ovqatlanish/ Sunnat ro'zalar (sizni lanchlik ga dangasalikdan saqlaydi)

6 Zikr/ Meditatsiya (Kuningiz barakati o'tishiga va salbiy o'ylardan yiroq bo'lishizga sabab bo'ladi)

7 Vazifalar uchun vaqt ajratish (aniq vaqt ajrating, pamadoro usulidan foydalangan holatda chalgi'may ishlariz bilan band bo'ling)

9 Davomiy o'rganish / Ilm olish (bu orqali siz bir nuqtada, eski fikrlar bilan qotib qolmaysiz, fikrlash dunyoyingiz kengayishiga olib keladi)

@dunya_di
8.5K views13:26
Ochish/sharhlash
2022-11-10 09:48:03
Ona 9 Oy qornida ko’tarib yuradi.
Keyin esa ertalabdan kechgacha, oq yuvib oq tarab, qornini to’ydirib qaraydi.!

Lekin Farzand esa Dada-Dada dan tili tinmaydi.

Siladayam shunaqami-a?

@Habibim_m
3.8K views06:48
Ochish/sharhlash
2022-11-10 07:29:03 Islom shariatining maqsadlari

Dinimizdagi taqiq va ruxsatlarni oʻzining tor aqli bilan talqin qilishga urinayotganlar bilib qoʻysinki, Islom dinida nimaiki halol yoki harom deb belgilangan boʻlsa, mana shu beshta oliy maqsadga muvofiq kelgani yoki kelmagani sababli boʻladi.

Bu besh oliy maqsad quyidagilardan iborat:
• insonning dinini muhofaza qilish;
• insonning ruhini muhofaza qilish;
• insonning aqlini muhofaza qilish;
• insonning naslini muhofaza qilish;
• insonning mol-mulkini muhofaza qilish.

Doʻstlaringizga ham ulashing!!!
@habibim_m
7.6K views04:29
Ochish/sharhlash
2022-11-10 07:19:11
Rus tilini o'rganishim kerak deb yuribsizmi?

Biz sizga 0 dan o'rgatamiz. Kanalimiz bepul, duo qilsangiz bas.

Hozir sizga tavsiya qilinayotgan kanal shunchalik noyobki, boshqa kanallar bu kanalning yaqiniga ham yaqinlasha olmaydi!

Rus tilini o'rgatadigan va mutaxassislar tomonidan yuritiladigan yagona kanal
https://t.me/+A9U0jW9vD2k4YzE6
7.8K views04:19
Ochish/sharhlash
2022-11-10 05:07:02
Xushro'y, xushbichim ayol piyodalar yo'lakchasidan asta-sekin qadam tashlab borardi.
Ortidan bir erkak yaqinlashdi va:
– G'oyat suluvsiz, vafodorim bo'ling, - dedi.
Ayol boshini chayqab, mayin tabassum bilan:
– Mendan yaxshi yor chiqmaydi. Sizga ortimizdan kelayotgan ayol ko'proq munosib. U ham suluvlikda sira kam emas, - dedi.
Erkak ortiga o'girildi-yu, badbashara bir ayolga ko'zi tushdi.
– Yo'q, - rad etdi u darhol, - ko'nglim yolg'iz sizni deydi.
Xonim xotirjam javob berdi:
– Agar ishqingiz chindan ham menga tushganida, ortga o'girilmas edingiz!

Seyj Romano.

@habibim_m
10.1K views02:07
Ochish/sharhlash
2022-11-09 19:13:53
Taqvolisini izlamang, Shunchaki taqvoli bo’ling siz qanday bo’lsangiz shundayi uchraydi.

@Habibim_m
14.7K views16:13
Ochish/sharhlash