Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli kech, do’stlar! Bugun hayotimning ajralmas qismiga ayl | Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

Xayrli kech, do’stlar!

Bugun hayotimning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan ushbu telegram kanal ochilganiga roppa-rosa 1 yil bo’ldi!

Ushbu 1 yil - 365 kun davomida men bilan bo’lganingiz, ba’zan foydali ba’zan foydasiz postlarimni o’qiganingiz, fikrlarimni hurmat qilganingiz uchun tashakkur. Hayotimdagi eng quvonchli kunlarimni aynan shu kanal orqali sizlar bilan bo’lisha oldim.

Ushbu kanalni ustozim maslahat berganlari uchun unchalik o’zim istamay ochgandim, ammo o’zimning shaxsiy rivojlanishimga ham katta turtki bo’ldi, ayniqsa minnatdor bo’lib xabar bildiradigan, havas qiladigan followerlarimizning borligi mening baxtim…
Biz 2 209 kishilik oilaga aylandik! Thank u a lot


P.s.1: Va’da qilingan sovg’alik o’yinni ba’zi muammolar sabab bugun boshlay olmadim, ertaga albatta, boshlaymiz!

P.s.2: Shu bir yil davomida kanalimizning sizga oz bo’lsa ham foydasi tegdimi? (Fikringiz juda muhim)

@Gulrukhbonu_official