Get Mystery Box with random crypto!

Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat

Telegram kanalining logotibi gulrukhbonu_official — Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat G
Telegram kanalining logotibi gulrukhbonu_official — Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
Kanal manzili: @gulrukhbonu_official
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.22K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿Prezident e’tirofidagi yosh diplomat
🇺🇸²🇹🇷🇮🇳🇰🇿
• Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti🎓(Rektor stipendianti)
• Yoshlar Parlamenti
~ "Kelajak bunyodkori" davlat mukofoti🏅
~ "Uzbekistan - the U.S.A. 30 years of friendship" esdalik-nishoni🎖

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-05 21:53:06 Xayrli kech, do’stlar!

Bugun hayotimning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan ushbu telegram kanal ochilganiga roppa-rosa 1 yil bo’ldi!

Ushbu 1 yil - 365 kun davomida men bilan bo’lganingiz, ba’zan foydali ba’zan foydasiz postlarimni o’qiganingiz, fikrlarimni hurmat qilganingiz uchun tashakkur. Hayotimdagi eng quvonchli kunlarimni aynan shu kanal orqali sizlar bilan bo’lisha oldim.

Ushbu kanalni ustozim maslahat berganlari uchun unchalik o’zim istamay ochgandim, ammo o’zimning shaxsiy rivojlanishimga ham katta turtki bo’ldi, ayniqsa minnatdor bo’lib xabar bildiradigan, havas qiladigan followerlarimizning borligi mening baxtim…
Biz 2 209 kishilik oilaga aylandik! Thank u a lot


P.s.1: Va’da qilingan sovg’alik o’yinni ba’zi muammolar sabab bugun boshlay olmadim, ertaga albatta, boshlaymiz!

P.s.2: Shu bir yil davomida kanalimizning sizga oz bo’lsa ham foydasi tegdimi? (Fikringiz juda muhim)

@Gulrukhbonu_official
869 viewsedited  18:53
Ochish/sharhlash
2023-01-05 18:33:08 Қишки таътил узайтирилди

Ўзбекистонга аномал совуқ об-ҳаво кириб келиши муносабати билан барча бўғиндаги таълим муассасаларида қишки таътил муддати 17 январга қадар узайтирилди. Ўқиш жараёнлари 18 январдан бошланади.

@pressuzb
1.1K views15:33
Ochish/sharhlash
2023-01-02 19:05:23 MUHIM

11-yanvardan quyidagi oliy taʼlim muassasalarida darslar 9:30dan boshlanadi:


– Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;

– Singapur menejmentni rivojlantirish instituti;

– Puchon universiteti;

– TMC instituti;

–Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

– G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali;

– O‘zbekiston davlat konservatoriyasi;

– Vebster universiteti;

– Toshkent kimyo-texnologiya instituti;

– Toshkent farmatsevtika instituti;

– Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti; (8:00)

– Toshkent davlat yuridik universiteti;

– Toshkent moliya instituti;

– Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

– O‘zbekiston milliy universiteti; (8:00)

– Toshkent davlat texnika universiteti;

– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya uniyersiteti;

– Yangi O‘zbekiston universiteti;

– «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi myexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti; (8:30)

Batafsil: https://kun.uz/06161256

@Gulrukhbonu_official
3.5K viewsedited  16:05
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:51:20
Happy New Year!

Kelayotgan yil o’zingiz va oilangizga cheksiz baxt, omad va sog’liq olib kelsin. Yuzingizdan tabassum, dasturxoningizdan baraka arimasin!

2022-yilda erisha olmagan barcha yaxshi niyatlaringizga 2023-yilda erishish nasib etsin!

@Gulrukhbonu_official
2.5K views14:51
Ochish/sharhlash
2022-12-30 19:36:44 Maslahat bering!

Kanalimiz 1 yoshga to’lishi munisabati bilan obunchalarimiz uchun qanday o’yin yoki qandaydir sovg’a tashkil qilmoqchiman, nima qilsak bo’ladi?

Maslahatlar bering bemalooool
2.3K views16:36
Ochish/sharhlash
2022-12-30 19:31:01
Hukumatning yangi tarkibi

@fan_va_marifat_uwed
2.2K views16:31
Ochish/sharhlash
2022-12-30 17:20:12
Yil sarhisobi - 2022

@Gulrukhbonu_official
3.0K views14:20
Ochish/sharhlash
2022-12-30 17:16:59 Yil sarhisobi - 2022

⁃ 5-yanvar kunidan o’z telegram kanalim faoliyatini boshladik)

⁃ Mart oyida First International Investment Forumda volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etdik.(Prezidentimiz tashrif buyurdilar)

⁃ 29-mart kuni Senat raisining birinchi o’rinbosari Sodiq Safoyevdan rektor stipendiyasi guvohnomalarini qabul qilib oldik.

⁃ “Xalqaro pul haftaligi” (Global Money Week 2022) doirasida “Noiqtisodiy ta’lim yo'nalishidagi oliy o‘quv yurtlari talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirish” loyihasida volontyor-trener sifatida ishtirok etib 4 ta OTMlarda treyning tashkil etdik va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining sertifikati bilan taqdirlanadik.

⁃ 2-kursni a’lo baholarga tamomladim.(Beshlik stipendiya olishni boshladim))

⁃ Iyun oyida Yoshlar Ishlari Agentligi tomonidan tashkil etilgan IBRAT tillar oromgohida ishtirok etdik va sertifikat bilan taqdirlandik.

⁃ Yoshlar ishlar Agentligi huzuridagi Yosh Maslahatchilar Kengashining Toshkent shahar vakili etib tayinlandim.

7th Summer Conference CESS da volontyor-tarjimon sifatida ishtirok etdik.

⁃ 30-iyun Yoshlar kunida Prezident ishtirokidagi davlat tadbirida VIP mehmon sifatida ishtirok etdik.

⁃ Turkiyaning Antaliya sharida bo‘lib o‘tgan YOUTH PEACE FORUM-2022da O’zbekiston delegati sifatida to‘liq grant asosida ishtirok etdim, “Women in Uzbek Diplomacy” mavzusida nutq so’zlab sertifikat bilan taqdirlandim.

⁃ Avgust oyida  Turizmni rivojlantirish Vazirligi tomonidan tashkil etilgan Yoshlar Turizmi Qurultoyida Toshkent shahar vakili sifatida ishtirok etdik.

⁃ Xalqaro ICYF (Islamic Cooperation Youth Forum) tomonidan tashkil etilgan va Turkiyada bo’lib o’tgan The International Young Volunteers Camp da O‘zbekiston delegati sifatida ishtirok etish uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant yutdim, ammo bora olmadim.

⁃ Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Poytaxt Sardorlari Forumi-2022” ning Tengdoshga tengosh loyihasida ishtirok etdik.

Yosh Menejer 4-mavsumda ishtirok etish baxtiga erishdik va muvaffaqiyatli tamomlab sertifikat bilan taqdirlandik.

⁃ Noyabr oyida Hindistonning Dehli, Mumbay va Agra shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Birinchi Hindiston-Markaziy Osiyo Yoshlari Forumi” da to‘liq grant asosida ishtirok etdik.

⁃ 9-noyabr kuni Prezidentimiz ishtirokidagi Olimpiya Shaharchasiga tamal toshi qo’yish marosimida ishtirok etdik.

⁃ UNESCO ning Butunjahon Konferensiyasida volontyor-tarjimon sifatida faoliyat yuritdik. (Prezidentimiz tashrif buyurdilar)

⁃ AQSH tomonidan moliyalashtiriluvchi Global UGRAD dasturiga alternate finalist sifatida tanlab olindim.

⁃ Zulfiya nomidagi davlat mukofotining FAN yo’nalishida tuman va shahar bosqichlarida 1-o’rinni egallab Respublikaga yo’llanma oldim.

⁃ 10 dan ortiq ko’rsatuvlarda intervyu berdim.

⁃ 5 ta maqolamni xalqaro jurnallarda chop ettirdim.

⁃ Orzuyim bo’lgan Toj Mahal, Bollywood, Ayo Safiya, Galata Tower kabi mashhur joylarga tashrif buyurdim))

⁃ Eng muhim tanlov va qarorni ham aynan shu yilda qabul qildim)

Kelayotgan yil barchamizda bundan ham omadli, manfaatli va barokatli yil bo’lishini tilab qolaman!

@Gulrukhbonu_official
2.2K viewsedited  14:16
Ochish/sharhlash
2022-12-20 17:41:30 Grant, scholarship va shunga o’xshash millionlab imkoniyatlarni qayerdan olamiz?

Buning javobi juda oddiy, men o’zim kuzatadigan kanallar linkini ulashmoqdaman, ‘daje’ telegramning o’zidan shuuuuncha imkoniyat topish mumkin-a?! Sen esa haliyam hech nimaga apply qilmading, chetga chiqqing, dunyo kezging, xalqaro tajribani o’rganging keladi, ammo, buni sen uchun kimdir qilib berishini kuuuutib yuribsan, harakatni boshla, o’zing uchun faqat o’zing borsan!

- https://t.me/grantlar
- https://t.me/grantgouz
- https://t.me/scholarshipscorner

@Gulrukhbonu_official
3.5K views14:41
Ochish/sharhlash
2022-12-20 17:20:38
Volontyorlikning eng ‘shirin’ joyi, mehmon ketayotgan payti sizdan minnatdor ekanligini aytganda va yurtimizga yana albatta, kelishini bildirganida bo’lsa kerak.

Bundan tashqari, Bo Thomsenga yaxshi volontyorlik qildim shekilli, ‘original’ LEGO o’yinchoqlarini va o’zining ‘shaxsiy vizitniy legochasi’ ni ham sovg’a qilib ketdi)))

Shunday qilib noyabr oyida bo’lib o’tgan bu missiyani ham muvaffaqiyatli tamomladik!

@Gulrukhbonu_official
2.9K views14:20
Ochish/sharhlash