Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.99K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 108

2022-09-21 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Geneva Centre for Security Policy (GCSP) tomonidan barqaror xavfsizlik sohasi boʻyicha xalqaro loyihalar onlayn tanlovi. Mukofot — $10,000
https://grantgo.uz/go/92408


5 kun qoldi:
1. AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan bakalavr talabalari uchun amaliyot dasturi- Student Internship Program in the Human Resources Office
https://grantgo.uz/go/78581

2. AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Fargʻona vodiysi ayol-qizlari uchun Academy for Women Entrepreneurs (AWE) dasturi
https://grantgo.uz/go/80494


10 kun qoldi:
1. Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatda boʻlib oʻtuvchi The Women Deliver 2023 konferensiyasida qatnashish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant
https://grantgo.uz/go/22413

Telegram | Facebook | Instagram
4.6K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-20 19:01:20 Slovakiya almashinuv dasturi bo'yicha mentorlik kurslari Ko'pchilik kutgan va bizdan qachon boshlanishi so'ralayotgan Slovakiya almashinuv dasturi mentorlik kursi 2-mavsumini e'lon qilamiz. Slovakiya almashinuv dasturi — bu bakalavr, magistr va PhD talabalariga…
4.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2022-09-20 16:00:03
Huawei Uzbekistan kompaniyasidan Seeds For The Future 2022 global ta'lim loyihasi

Talablar

Ushbu OTMlarning 3-yoki 4-kurs talabalari qatnasha oladi:
— Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)
— Amiti universiteti,
— Toshkentdagi Yeoju texnika instituti
— Toshkentdagi Turin politexnika universiteti
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)
— MTU “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti"
— Samarqand davlat universiteti
— Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
— Toshkent Xalqaro Ta'lim universiteti

Foydali tomonlari
— Ishtirokchilar uchun xitoylik mutaxassislardan to'g'ridan to'g'ri axborot texnologiyalari bo'yicha bilim olish;
— Kelajakda Huawei Toshkent ofisida amaliyot o'tash va o'qishdan so'ng ishga joylashish imkoniga ega bo'lishadi.

Oxirgi muddat
10.10.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/62754

#almashinuv_dasturlari #grant #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
5.1K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2022-09-20 14:00:02
Yangi Zelandiyaning Waikato universitetida bakalavr va magistratura bosqichini istalgan sohada o'qish imkonini beruvchi grant

Talablar
— Dasturga Waikato universitetiga birinchi marta hujjat topshirayotgan va universitetga shartli yoki shartsiz ravishda qabul qilinganqobiliyatli nomzodlar qatnashishlari mumkin.

Foydali tomonlari
— Grant uchun ajratilgan mablagʻ magistratura bosqichi talabalari uchun 20,000 Yangi Zelandiya dollari va bakalavr bosqichi talabalari uchun esa 15,000 Yangi Zelandiya dollari miqdorigacha.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/80755

#grantlar_va_stipendiyalar #kontrakt_puli_qoplanadi #Yangi_Zelandiya

Telegram | Facebook | Instagram
4.7K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-20 11:00:02
Ayol-qizlarga mo'ljallangan onlayn va oflayn formatdagi The Women Deliver 2023 konferensiyasi

Talablar
— Yoshi va kelib chiqishidan qat'i nazar ayollar huquqlari va gender tenglik masalalariga qiziquvchi barcha ayol-qizlar ariza yuborishlari mumkin;
— Gender tengligi, ayol-qizlar salomatligi, huquqlari va farovonligini oshirishga harakat qilayotgan kam va o'rta daromadli mamlakatlardan qatnashadigan ayol-qizlarga ustunlik beriladi;
— Konferensiya ishchi tili: ispan, fransuz yoki ingliz.

Foydali tomonlari
— Oflayn formatda: borish-kelish aviachiptasi, mehmonxona, viza, oziq-ovqat, ichki transport va ro'yxatdan o'tish xarajatlari to'liq qoplanadi;
— Onlayn formatda: ro'yxatdan o'tish va foydalanilgan internet uchun stipendiya ajratiladi.

Oxirgi muddat
01.10.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/22413

#sammit_va_konferensiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Ruanda

Telegram | Facebook | Instagram
5.5K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-11 11:48:20
Universitet talabalari uchun "How does writing impact todayʼs world? " mavzusidagi insholar tanlovi. Mukofot jamg'armasi — $1000

Talablar
— Nomzod kamida 18 yoshga to'lgan bo'lishi zarur;
— Tanlovda talabalar hamda 2022-yilda oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshiruvchi maktab va kollej o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin;
— Insholar ingliz tilida yozilgan boʻlishi lozim va b.

Foydali tomonlari
— G'olibga $1000 dollar pul mukofoti taqdim etiladi;
— G'olibning ismi, fotosurati va yozgan inshosi ServiceScape saytida e'lon qilinadi.

Oxirgi muddat
30.11.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/66917

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
2.5K views08:48
Ochish/sharhlash
2022-09-11 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. $86,000 yillik maosh bilan AQShning eng nufuzli oliygohlaridan birida dars berish imkoniyati - PRINCETON ARTS FELLOWSHIP dasturi
https://grantgo.uz/go/35168

2. AQSH universitetida bir o’quv yili davomida mustaqil loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi hamda $86,000 stipendiya bilan ta’minlovchi Hodder Fellowship dasturi
https://grantgo.uz/go/11383


10 kun qoldi:
1. Sohasidan qatʼi nazar magistratura bosqichini toʻliq moliyalashtirilgan holda Xitoyda oʻqish imkoniyati — Schwarzman Scholars dasturi
https://grantgo.uz/go/91798

Telegram | Facebook | Instagram
3.3K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-10 16:01:24 GrantGO da qanday dasturlar e'lon qilinishini bilarmidingiz?

Bugungi kunda saytimizda quyidagi yo'nalishlar doirasida turli darajadagi dasturlarni e'lon qilib kelmoqdamiz:

1. Grantlar va stipendiyalar
2. Tanlovlar
3. Yozgi va qishki maktablar
4. Sammit va konferensiyalar
5. Almashinuv dasturlari
6. Onlayn va offlayn kurslar
7. Amaliyotlar
8. Hamdoʻstlik dasturlari
9. Volontyorlik
10. Tadqiqot va Professional rivojlanish

Shuningdek, saytdagi filtrlar orqali o'zingizga qiziq bo'lgan soha yoki davlatdagi dasturlarni topishingiz mumkin.

Hurmat bilan GrantGO jamoasi
4.5K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-09-10 14:00:02
Janubiy Koreyaning eng nufuzli universiteti — KAISTdan bakalavr bosqichini to'la moliyalashtirilgan holda o'qish uchun KAIST Scholarship granti; oylik stipendiya — 350,000 KRW (tah. $301)

Talablar
— 2023-yil 28-fevraligacha o‘rta maktabni tamomlagan yoki tugatatish arafasida bo'lish (erta qabul uchun);
— KAIST universitetining bakalavr bosqichiga ariza topshirishi lozim;
— Ariza bergan vaqtida nomzod boshqa universitetga hujjat topshirmagan bo'lishi shart.

Foydali tomonlari
— 8 ta semestr (4 yil) uchun o'qish pulidan ozod qilinadi;
— Yashash xarajatlari uchun 350,000 KRW (~$253) oylik stipendiya to'lanadi;
— Tibbiy sug'urta puli qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
21.10.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/89822

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | Facebook | Instagram
4.2K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-09-10 12:00:03
Dunyoning yetakchi universiteti - Kembrijda biznes sohasi bo'yicha magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun Cambridge MBA Scholarship dasturi

Talablar
— Nomzod avval Kembrij universitetining MBA dasturiga hujjat topshirgan va qabul qilingan bo'lishi lozim;
— Yuqori akademik ko'rsatkichga ega bo'lishi kerak;
— Ingliz tilini mukammal darajada bilishi shart.

Foydali tomonlari
— Oʻqish kontrakt toʻlovining 75% gacha qismi qoplab beriladi;
— Dasturga oid safar va turar joy xarajatlari qoplab beriladi.

Oxirgi muddat
15.05.2023

Batafsil
https://grantgo.uz/go/85535

#grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Buyuk_Britaniya

Telegram | Facebook | Instagram
3.9K views09:00
Ochish/sharhlash