Get Mystery Box with random crypto!

GrantGO — Grantlar va stipendiyalar

Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar G
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Telegram kanalining logotibi grantgouz — GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Kanaldagi mavzular:
Grantlar
Тóлиқ
Malayziya
Buyuk
Tanlovlar
Qisman
Германия
Тадқиқот
Мексика
Италия
All tags
Kanal manzili: @grantgouz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 36.82K
Kanalning ta’rifi

GrantGO.uz saytining telegram kanali
Taʼlim grantlari va boshqa imkoniyatlar haqida toʻliq va toʻgʻri maʼlumotlar.
YouTube: youtube.com/@grantgouz
Reklama: @grantgo_reklama
Kurslar: @grantgo_mentorlik
Tadbirlar: @eventgouz

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 107

2022-09-06 19:00:11
Talabalar uchun Asaxiy kompaniyasida haq to'lanadigan amaliyot

Talablar
— Dasturda Toshkent shahrida tahsil olayotgan har qanday talaba ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Dastur davomida har bir ishtirokchiga oyiga 1 million soʻm stipendiya beriladi;
— Amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan talabaga Asaxiydan sertifikat va tavsiyanoma beriladi;
— Dasturda eng yaxshi ishtirok etganlar Asaxiyga ishga qabul qilinadi.

Oxirgi muddat belgilanmagan
Iloji boricha tezroq hujjat topshirish tavsiya etiladi

Batafsil
https://grantgo.uz/go/12142

#amaliyotlar #stipendiya #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
2.9K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2022-09-06 17:30:06 3-4 oy tayyorlanib, DTMdan maksimal 189 ball olsa bo‘ladimi?

Iloji bor. Suxrob (@suxrob_oddiy_odam) o‘tgan yili DTM imtihonidan shunday qilib 189 ball olgan. A yolg‘on deb xulosa qilishga shoshilmang, Suxrob qanday qilib shu natijaga erishganini o‘qing: t.me/suxrob_oddiy_odam/4

Bu yil esa 2 oy uning kursida vazifalarni bajarganlar talaba bo'lishdi. 22000 dollarlik grantni ham yutganlar bo'ldi: t.me/suxrob_oddiy_odam/35

Suxrob kanalida imtihonlarga qisqa muddatda tayyorlanish bo‘yicha yaxshi postlar berib boradi. Masalan:
— Imtihon sanasigacha qanday qilib hamma savollarga tayyor bo‘lish mumkin?
— Qanday qilib imtihonlarga chalg‘imasdan tayyorlanish mumkin?
— Abituriyentlar imtihonlarga tayyorlanishda ko‘p qiladigan 5 xato nimalar?
— Imtihonlarga qayerda tayyorlangan yaxshi: uydami yoki repetitordami?

Umuman, imtihonlarga tayyorlanish haqida o'ylab yurgan bo'lsangiz, sifatli ma'lumotlarni @suxrob_oddiy_odam kanalidan bilib borsangiz bo'ladi. Tavsiya qilishga arziydi

 @suxrob_oddiy_odam
3.1K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-09-06 12:00:03
Yoshlar akademiyasi tomonidan Qoraqalpog'istonlik iqtidorli yoshlar uchun START4REGION tanlovi. G'olib bo'lgan 10 ta loyihaga 100 million so'mgacha bo'lgan grant mablag'lari ajratiladi

Talablar
— Loyiha amalga oshirilish hududi Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'lishi kerak;
— Loyiha ijrochilarining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat'i nazar 40 yoshdan oshmasligi;
— Loyiha an'anaviy biznes turlaridan farqli bo'lishi, ilmiy yangiligi hamda innovatsion elementi bo'lishi shart.

Foydali tomonlari
— Tanlov yakuniga ko'ra 10 ta loyihaga 100 million so'mgacha bo'lgan grant mablag'lari ajratiladi.

Oxirgi muddat
20-sentabrga qadar uzaytirildi!

Batafsil
https://grantgo.uz/go/10436

#tanlovlar #grant #Qoraqalpogʻiston

Telegram | Facebook | Instagram
3.8K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:40:03
Markaziy Osiyodagi ekologik muammolarga qiziquvchi yetakchi yoshlar uchun ijtimoiy-ekologik jamg'arma tomonidan tashkil etilgan sayohat granti

Talablar
— Dasturda Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston va Tojikiston mamlakatlari fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
— Nomzod 18-30 yosh oralig'ida bo'lishi lozim;
— Dastur granti nomzodga faqat bir yilda bir martagina beriladi.

Foydali tomonlari
— Sayohat (temir yoki havo yo'llari) xarajatlari dastur tomonidan qoplanadi;
— Biror hududda 4 kun muddatdan ko'p bo'lmagan taqdirda qolish imkoniyati.

Oxirgi muddat
31.12.2022 23:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/83326

#grantlar_va_stipendiyalar #grant #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
3.8K views06:40
Ochish/sharhlash
2022-09-06 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

Ertaga:
1. Free University (Moskva) tomonidan barcha sohalar va darajalar uchun 76 xil yo‘nalish bo‘yicha bepul onlayn darslar toʻplami
https://grantgo.uz/go/05995


3 kun qoldi:
1. “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi
https://grantgo.uz/go/70110


5 kun qoldi:
1. Texnologiya va IT sohasiga qiziquvchilar uchun Germaniyada qo'shma magistrlik dasturi
https://grantgo.uz/go/57254

Telegram | Facebook | Instagram
4.2K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-05 12:50:02
Tibbiyot sohasi vakillari uchun 20 ga yaqin meditsina yo'nalishida haq to'lanadigan amaliyot dasturi — SNUH Professional Development Program

Talablar
— Dasturda shifokorlar, hamshiralar va sog'liqni saqlash mutaxassislari (AHP) ishtirok etishi mumkin;
— Treningda qatnashish uchun yosh chegarasi belgilanmagan;
— Dastur asosan ingliz tilida olib borilganligi sababli ariza topshirishni xohlovchi tibbiyot xodimlari koreys yoki ingliz tillarida muloqot qila olishi kerak.

Foydali tomonlari
— Har bir stajyor uchun kuniga 60 000 Koreya voni(Oyiga 1,8 million Koreya voni) miqdorida pul mablag'i ajratiladi;
— Nomzod tibbiyot kiyimi va shaxsiy guvohnoma bilan ta'minlanadi;
— Trening dasturi tamomlangandan keyin rasmiy sertifikat taqdim etiladi;

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/31846

#amaliyotlar #qisman_moliyalashtiriladi #Koreya

Telegram | Facebook | Instagram
2.9K views09:50
Ochish/sharhlash
2022-09-05 10:10:11
Free University (Moskva) tomonidan barcha sohalar va darajalar uchun 76 xil yo'nalish bo'yicha bepul onlayn darslar to'plami

Talablar
— Yoshi, davlati va darajasidan qat'i nazar universitet tomonidan taqdim etilgan kurslarda ishtirok etmoqchi bo'lgan barcha ariza yuborishi mumkin.

Foydali tomonlari
— Boshlang'ich va professional darajalarga mo'ljallangan 76 xil kurslardan istalganida o'qishlari va tajribali mutaxassislardan bepul dars olishlari mumkin;
— Kursni muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlarga ustozlari tomonidan magistratura yoki doktorantura bosqichiga topshirganda so'raladigan tavsiyanoma xati beriladi.

Oxirgi muddat
07.09.2022

Batafsil
https://grantgo.uz/go/05995

#onlayn_va_offlayn_kurslar #bepul #Rossiya

Telegram | Facebook | Instagram
3.3K views07:10
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:01:18
Yangi oʻquv yili boshlandi

Xabaringiz bor, bugun barcha oʻquvchi-yoshlar va talabalar ilm olish uchun, ustoz-muallimlar esa oʻz shogirdlariga bilim berish uchun ta'lim dargohlariga qaytadigan kun. Shu munosabat bilan, barcha oʻquvchi yoshlar va ustozlarga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Yil davomida ilm olish va berishdan charchamang!

#oʻquv_yili_2022 #Oʻzbekiston

Telegram | Facebook | Instagram
3.5K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-09-05 05:00:02 Muhlati yaqin qolgan dasturlar

3 kun qoldi:
1. Garvardda $78,000 stipendiya bilan 9 oy tadqiqot qilish imkonini beruvchi Harvard Radcliffe dasturi; tadqiqot loyihasi uchun alohida $5,000 stipendiya to'lanadi
https://grantgo.uz/go/27571

2. Ijtimoiy fanlar doirasida PhD darajasida o'qish imkoniyati — School of Social Sciences PhD Studentship. Yillik stipendiya miqdori — £16,062
https://grantgo.uz/go/54450


5 kun qoldi:
1. “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov
https://grantgo.uz/go/18727

2. Finlandiya bilan hamkorlikda ochilgan Toshkentdagi Xalqaro Nordik universitetida o'qish uchun 10 ta grant
https://grantgo.uz/go/91638

3. Fizika va matematika fanlari boʻyicha Phystech International onlayn olimpiadasida qatnashib bakalavr bosqichini Moskva fizika-texnika institutiga grant asosida oʻqish imkoniyati
https://grantgo.uz/go/15238


10 kun qoldi:
1. Fulbright jamg'armasi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar tadqiqotchi ustozlari uchun AQShda barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik Weiser Professional Development Fellowship amaliyot dasturi
https://grantgo.uz/go/64860

2. Magistratura va doktorantura talabalari uchun Osiyo Taraqqiyot bankida oylik maosh bilan amaliyot o'tash imkoniyati - ADB Internship Program dasturi
https://grantgo.uz/go/74489

3. Yosh Menejer loyihasining toʻrtinchi mavsumiga qabul boshlandi. Loyihada yoshlar loyiha menejerligi boʻyicha oflayn kurslarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishadi
https://grantgo.uz/go/89911

Telegram | Facebook | Instagram
3.7K views02:00
Ochish/sharhlash
2022-09-04 18:00:01 O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Oʻzbekiston boʻylab 17-25 yosh oraligʻidagi yoshlar uchun Young Leaders Development Project dasturi (1394)
https://grantgo.uz/go/65386

2. XushnudbekUz telegram kanali tomonidan eʼlon qilingan 155 million soʻmlik Mustaqillik taʼlim granti
(843)
https://grantgo.uz/go/29389

3. Finlandiya bilan hamkorlikda ochilgan Toshkentdagi Xalqaro Nordik universitetida o'qish uchun 10 ta grant (594)
https://grantgo.uz/go/91638

4. Talabalar va yoshlar uchun "Korrupsiyaga qarshi kurash va muvofiqlik" mavzusida 7 kunlik xalqaro onlayn yozgi maktab (336)
https://grantgo.uz/go/91515

5. “Mustaqil Oʻzbekistonda mening huquqlarim” shiori ostida huquqiy ijodiy tanlov (269)
https://grantgo.uz/go/18727

Telegram | Facebook | Instagram
2.3K views15:00
Ochish/sharhlash