Get Mystery Box with random crypto!

Intim joylarning gigienasiga alohida e’tibor bering — tabiiy m | GINEKOLOGIK MADAD

Intim joylarning gigienasiga alohida e’tibor bering — tabiiy matodan tayyorlangan ich kiyimlar kiying, kundalik prokladkalardan faqat kerak bo’lganida foydalaning (agar ko’p ajralmalar mavjud bo’lsa, shuningdek ularni har 3-4 soatda almashtiring), hayz davrida vaqtincha muddatga tampon o’rniga prokladkalardan foydalaning.

Stringlar, har qanday noqulay ich kiyim yoki tor va noqulay shim kiymang, ular qichishning kuchayishiga sabab bo’lishi mumkin. Kuniga 2-3 marta tashqi jinsiy a’zolarining tualetini amalga oshiring, bu maqsadda siz moychechak damlamasidan foydalanishingiz mumkin, sovun ishlatmang.

Bu choralar jinsiy a’zo qichishini davolash usuli sanalmaydi, ular faqat yoqimsiz alomatlarni biroz yengillashtirish va mavjud holatni og’irlashtirib yubormaslikka yordam beradi.

Har qanday holatda ham ginekologga tashrifni kechga qoldirmaslik kerak, bo’lmasa keyinchalik buni davolash ancha murakkabroq, uzoqroq va qimmatroq bo’lishi mumkin, siz esa noxush alomatlardan ko’proq aziyat chekkaningiz qoladi.

Qichish va achish sabablarini aniqlash uchun ginekolog nima qiladi?

Tushunganingizdek, bunday alomatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan sabablar juda ko’p va ular turli-tumandir, shu sababli davolashga yondashish ham turlicha bo’ladi.

Sizda mavjud alomatlar mohiyatini faqatgina kerakli tibbiy ko’rikdan so’ng shifokor tushinishi mumkin.

Bemorni so’roq qilib, ko’rik va kolposkopiya o’tkazganidan so’ng, shifokor ma’lum bir vaziyatda talab qilinadigan tahlillar miqdorini aniqlaydi. Asosan quyidagilar kerak bo’lishi mumkin:

Qin florasini aniqlash uchun surtma olish;
Bakteriologik ekish;
IFT va PZR yordamida infektsiyalarni aniqlash tadqiqi;
Kichik tos a’zolarining ultratovush tekshiruvi;
Ichak disbakteriozi uchun tahlil;
Parazit mavjudligini aniqlash uchun tahlil va boshqalar.

Yuqoridagi tadqiqot usullarining qay biri sizga kerak bo’lishini ko’rik vaqtida shifokor belgilaydi.

Jinsiy lablar qichishi va achishi: davolash

Vulvaning qichishishini, achishini davolash ginekolog shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Agar kerak bo’lsa, davolanishga boshqa mutaxassislar jalb qilinishi mumkin (muammoning mohiyatiga qarab): terapevt, nevropatolog, allergolog, dermatolog.

Bunday holda, shifokor har safar bir qator individual omillarni hisobga oladi, shuning uchun hatto bir xil kasallikni davolash ham turli bemorlarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Demak, yuqorida aytib o’tganimizdek, davolash har doim kasallikning sabablariga bog’liq: