Get Mystery Box with random crypto!

Vulaning diskomforti, quruqligi, qichishi va achishi sababi ay | GINEKOLOGIK MADAD

Vulaning diskomforti, quruqligi, qichishi va achishi sababi ayol va qizlarda jinsiy yetilish, homiladorlik, hayz, menopauza, stresslar natijasida va organizmdagi boshqa buzilishlarda gormonal fonning o’zgarishlari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda shifokor gormonal fonni normallashtirish uchun preparatlarni buyuradi. Qo’shimcha namlantirgich sifatida maxsus yog’lar va gellar tavsiya etiladi.

Ko’pincha achishish siydik-tanosil tizimning yallig’lanishlarida (sistit, servitsit, endometrit, adneksit, metrit) uchraydi. Davolash uchun kompleks tekshiruv o’tkazish, infektsiyani aniqlash va tegishli preparatlarni tanlash zarur.

Ayollar jinsiy a’zosining qichishi va achishi sababi shuningdek psixologik omillarga ham bog’liq bo’lishi mumkin — stress holati, jinsiy aloqadan oldin qo’rquv yoki o’tkazilishi kerak bo’lgan operatsiya tufayli tashvishlanish va hokazo. Bunday holatda alomatlarni bartaraf etish biroz mushkul sanaladi, psixoterapiya qo’llaniladi, sedativ preparatlar belgilanadi.

Intim joylarda achishish va qichish hissi paydo bo’lsa nima qilish kerak?

Tabiiyki, ginekologga tashrif buyurish, alomatlarning sababini aniqlash va patologiyani yanada samarali davolash uchun tekshiruvlardan o’tish kerak.

Ginekologga murojaat qilmaguningizga qadar, jinsiy aloqada bo’lishni davom ettirsangiz, albatta prezervativlardan foydalaning. Yodingizda bo’lsin, alomatlari jinsiy lablar qichishi va achishi bo’lgan ko’plab kasalliklar yuqumli sanaladi va jinsiy yo’l bilan uzatiladi.

Agar siz qichishdan bir necha kun oldin yangi intim gigiena uchun vosita, lubrikant, yangi turdagi prokladkalardan foydalanishni boshlagan bo’lsangiz va bu allergik reaktsiyaga olib kelgan bo’lsa, sabablariga aniqlik kiritilguniga qadar gumon qilinayotgan allergen bilan aloqani bekor qiling.