Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.11K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 416

2021-07-24 20:39:00Eng so‘nggi transfer yangiliklari bitta sahifada!

Jasur Jaloliddinov
— Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchisi;

“Liverpul” Federiko Kyeza uchun “Yuventus”ga 95 mln yevro taklif qildi. Biroq turinliklar taklifga rad javobini berdi (La Repubblica);

“Tottenhem” “Atalanta” darvozaboni Pyerluiji Gollinini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi;

“Sevilya” Andrea Belotti uchun “Roma” bilan kurash olib boradi. “Torino” futbolchini 20 mln yevroga sotmoqchi (Football Italia);

“Atalanta” Merih Demiral uchun “Yuventus”ga 25 mln yevro taklif qilishga tayyor. Turin klubi 35 mln soʻramoqda (Nikolo Skira);

“Lids” 12 mln funt evaziga “Liverpul” himoyachisi Harri Uilsonni sotib oladi (The Athletic);

“Yuventus” Jorjio Kyellini bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara oʻtkazmoqda. 37 yoshli futbolchi 2 yillik shartnoma va yiliga 5 mln yevro maosh soʻramoqda (Football Italia);

“Tottenhem” himoyachi Tobi Alderveyreldni 15 mln yevro evaziga “Ad-Duhayl”ga sotadi (The Telegraph).

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
17.7K views17:39
Ochish/sharhlash
2021-07-24 18:43:00 Angliya Premyer Ligasining ayni vaqtdagi eng qimmat futbolchilari

Harri Keyn — 120 mln yevro
Jeydon Sancho — 100 mln yevro
Muhammad Saloh — 100 mln yevro
Kevin de Bryuyne — 100 mln yevro
Rahim Sterling — 90 mln yevro
Brunu Fernandesh — 90 mln yevro
Markus Reshford — 85 mln yevro
Son Hyon Min — 85 mln yevro
Sadio Mane — 85 mln yevro
Fil Foden — 80 mln yevro.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
23.1K views15:43
Ochish/sharhlash
2021-07-24 16:04:01“PSJ” muxlislari Pol Pogbaning transferiga qarshi chiqmoqda

“Man Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning “PSJ”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlardan keyin parijliklar klubi muxlislari norozilik aksiyasi o‘tkazdi.

Ular “PSJ” stadioni yoniga “Pogba, onangni gaplariga quloq solishing kerak. U bu yerda o‘ynashingni xohlamaydi. Biz ham!”, yozuvi bitilgan banner ilib qo‘ygan.

Avvalroq Parij klubi Pogbani 50 mln yevro evaziga sotib olishga yaqin ekani xabar qilingandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
27.0K views13:04
Ochish/sharhlash
2021-07-24 13:34:46 Ole Gunnar Sulsher “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini uzaytirdi

Norvegiyalik mutaxassis Manchester klubida 2024-yil 30-iyuniga qadar qoladigan bo‘ldi. Shartnomada keyinchalik kelishuvni 1 yilga uzaytirish bandi ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Sulsher 1996—2007-yillarda “Yunayted” sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan. 2018-yilda esa klub bosh murabbiyiga aylangan. O‘tgan mavsum jamoa uning qo‘l ostida Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi, APLda esa 2-o‘rinni egalladi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
28.9K views10:34
Ochish/sharhlash
2021-07-24 12:23:45Instagram’da eng ko‘p obunachiga ega klublar

“Real” — 101 mln obunachi
“Barselona” — 98,7 mln
“Yuventus” — 50,1 mln
“Man Yunayted” — 41,7 mln
“PSJ” — 37,2 mln
“Liverpul” — 31,6 mln
“Chelsi” — 28 mln
“Bavariya” — 27,3 mln
“Man Siti” — 25 mln
“Arsenal” — 19,6 mln

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
29.1K views09:23
Ochish/sharhlash
2021-07-24 10:52:00Kilian Mbappe “PSJ” bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirmasligini aytdi

Bu haqda Ispaniyaning Marca va AS nashrlari bir vaqtda xabar qilmoqda. Avvalroq parijliklar Kilianga yillik 32 mln yevro maoshga ega 5 yilga moʻljallangan shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.

Biroq Mbappe har galgidek bu taklifga ham rad javobini berdi. U “Real”ga oʻtishni maqsad qilgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
31.1K views07:52
Ochish/sharhlash
2021-07-24 07:49:27 Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”da 25-raqam ostida harakat qiladi

“Qizil iblislar” kecha Sancho transferini rasman e’lon qilgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
32.2K views04:49
Ochish/sharhlash