Get Mystery Box with random crypto!

Bu yigitni yoqtirmaslingiz mumkin. Ha, u biroz sho‘xroq. Xuddi | FUTGOL

Bu yigitni yoqtirmaslingiz mumkin. Ha, u biroz sho‘xroq. Xuddi boshqa vatandoshlari kabi. Biroq maydonda qilayotgan ishlariga qarang. Bugun Kimmix bechorani nimalar qilib tashlaganiga qarang. Bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi deyishadi. Ammo u bugun Kimmixni necha marta bir xil usulda aldab ketganiga qarang.

Shunday talantni uvol qilmay katta futbolchiga aylantirgan Karlo Anchelottiga tasanno. U futbolni, muxlislarni yana bir Robinyo, yana bir Pato, yana bir Adrianodan saqlab qoldi. U futbolga yangi nom — Vinisiusni berdi.

Rahmat, Karlo. Yashavor, Vinisius!

@futgol_uz