Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.98K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-05-25 20:54:58
• 2016-yil: 21-mayda “Man.Yunayted” Angliya Kubogini yutdi — 1 hafta o‘tib “Real Madrid” YCHLni yutdi;

• 2024-yil: 25-mayda “Man.Yunayted” Angliya Kubogini yutdi — 1 haftadan keyin “Real Madrid” YCHL finalida o‘ynarkan…

@futgol_uz
15.4K views17:54
Ochish/sharhlash
2024-05-25 19:11:49 Manchester is red

“Yunayted” butun mavsumni o‘z o‘yinini qidirish va lazaretdagilarni kutish bilan o‘tkazib yuborgani ham, “Siti”ning o‘yini ham o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra pasaygani-da fakt. Lekin o‘zaro o‘yinlarda shu faktlar ortga surilishi zo‘r. Hammasi maydonda hal bo‘ldi. G‘oliblar muhokama qilinmaydi.

Manchesterning rangi o‘zgarib turishi kerak. Faqat bu jamoa muxlislari uchun emas. Futbol uchun ham. Bugungi natijadan nafaqat “Yunayted”, balki futbol ham yutdi.

@futgol_uz
15.4K views16:11
Ochish/sharhlash
2024-05-22 15:18:15
Maestro

Agar barcha turnirlar hisobga olinsa, Toni Kroos “Real”safida jami 33 911 ta uzatmani amalga oshirgan. Diqqat qiling: shulardan naq 31 769 tasi aniq bo‘lgan.

Bu shunchaki dahshat!

@futgol_uz
22.2K views12:18
Ochish/sharhlash
2024-05-21 14:20:53
Zidan ham 34 yoshda futboldan ketgandi, Kroos ham xuddi shu yoshda tugatadi

Aslida Kroosning ketishini e’lon qilishi kutilmagan holat emas. Chunki Toni doim formasining “pik”ida butsilarini mixga ilish orzusi ekanligini aytib kelgan.

Biroq uning bu qarorini qabul qilish oddiy bir muxlis o‘laroq juda og‘ir. Chunki ko‘z o‘ngimizda yana bir katta davr tugayapti. Vaqt o‘tyapti, umr o‘tyapti…

Kroos haqida nimalardir yozaman, lekin hozir emas…

@futgol_uz
26.6K views11:20
Ochish/sharhlash
2024-05-20 23:20:37
Ronaldu shunday katta shaxski, hatto boks bo‘yicha Olimpiada chempionlari ham unga xizmat ko‘rsatishi mumkin

@futgol_uz
8.7K views20:20
Ochish/sharhlash
2024-05-20 22:28:07
Talosh pallasi

Futbolda doim shunday holatlar bo‘lgan. Bundan keyin ham bo‘ladi. Jermeyn Defo MLS’ga ketgandan keyin sheriklari bilan shunaqa to‘p talashgan, biroz o‘tib esa uyalib qolgan holatlar ham bo‘lgan. Lekin shu vaziyatda Defo aslida qilishi kerak bo‘lgan ish — professionalligini namoyish qila olgan. Chunki to‘pni talashgan Gilberto qoyilmaqom gol urgandi.

Bunday vaziyatda jamoadoshingni tabriklamaslik esa eng kamida adolatsizlik bo‘lardi.

@futgol_uz
9.0K views19:28
Ochish/sharhlash
2024-05-20 21:32:13
Shu ikki surat orasi 10 yil

Lekin bu darvoza va libos egalarining final hushtagi chalingandagi hislari deyarli bir xil.

@futgol_uz
9.4K views18:32
Ochish/sharhlash
2024-05-20 20:17:06
Otang bilan o‘ynashma, bolakay!

Markus Tyuramni yaxshi bilasiz. U “Inter” bilan A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Markus chempionlikni nishonlashga otasini ham maydonga taklif qildi. Jo‘shqinlashib ketgan Markus muxlislar bilan qo‘shilib, odatiy hayqiriqlardan birini aytib qo‘ydi-ku: “Kim sakramasa, o‘sha yuventino”. Tushunganingizdek, “yuventino” bu “Yuventus” muxlisi.

Markus bu orada otasidan kichik bir tarsakini qabul qilib oldi. Albatta, yaxshi ma’noda. Boisi esa oddiy katta Tyuram vaqtida “Yuventus” bilan naq 4 marta Italiya chempioni bo‘lgan (to‘g‘ri, keyinroq 2 tasi olib qo‘yilgan).

Bu tarsakidan keyin Markus kattalar oldida har xil gaplarni o‘ylab gapirishi aniq

@futgol_uz
10.1K views17:17
Ochish/sharhlash
2024-05-20 11:13:19
“Liverpul” va Klopp uzukka ko‘z qo‘ygandek bir-biriga mos edi. Qaysi jamoada ko‘rgansiz, yangi kelayotgan murabbiyni eski murabbiy shunday qo‘llab-quvvatlab, stadiondagi muxlislarni uning nomini qo‘shiq qilib aytishga undaganini.

Kloppsiz “Liverpul”ga oson bo‘lmaydi, “Liverpul”siz Kloppga ham.

@futgol_uz
11.5K viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash
2024-05-17 22:22:54
— A sen Mbappening “Real”ga o‘tishi haqida nima deb o‘ylaysan, Kilian?

@futgol_uz
15.0K views19:22
Ochish/sharhlash